SHrivaddanaprabxa MYUdan rekord summa so'ramoqda
28 iyu 2019 11:41
Yangiliklar


SHrivaddanaprabxa MYUdan rekord summa so'ramoqda
"Lester" va "Manchester Yunayted" himoyachi Garri Maguayrning transferi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchi uchun 72 million funt hamda jamoa ECHLni yutadigan bo'lsa, bir qancha bonuslar taklif qilgan.
"Lester"ni esa bu narx qoniqtirmagan. Gap shundaki, "Lester"dagilar klubning so'nggi yillardagi natijasi tufayli jamoa ECHLni yuta olmasligini va shu boisdan transfer summasini ko'tarishini so'ragan.
"Lester"ning egasi Ayavat SHrivaddanaprabxa himoyachining transferi uchun MYUdan 76 million funt so'ramoqda. Bu esa "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgan Virjil van Deykning transferidan 1 millionga ko'proq deganidir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar