So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  5 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

SHoxruz Norxonov: “Yo'qotilgan har bir ochko biz uchun qimmatga tushadi” Yangiliklar

SHoxruz Norxonov: “Yo'qotilgan har bir ochko biz uchun qimmatga tushadi”

Ertaga milliy chempionatimizning 21-tur uchrashuvida “Bunyodkor” o'z uyida “Obod” klubini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvdan oldin “Obod” klubi futbolchisi SHoxruz Norxonov o'z fikrlarini bildirdi.

“CHempionatimizda qisqa muddatli tanaffusdan foydalanib bor etiborimizni o'yin amaliyotiga qaratdik. Ko'proq o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga harakat qildik. Taktikamiz o'sha-o'sha, faqat unga biroz o'zgartirishlar kiritildi. Ertaga “Bunyodkor”ga qarshi o'yin o'tkazamiz, ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bundan buyog'iga ortimizga yo'l yo'q. Yo'qotilgan har bir ochko biz uchun qimmatga tushadi.

To'g'ri, “Bunyodkor” chempionatimiz klublari orasida juda ham kuchli jamoa hisoblanadi. “Qaldirg'ochlar”ning o'yin uslublarini o'rganib chiqdik, nasib qilsa g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz “Bunyodkor”ning o'yiniga qarab harakat qilamiz. “Bunyodkor”ga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatamiz. Agar hujumkor o'yin ko'rsatadigan bo'lsak, “Bunyodkor” bizni qarshi hujumda jazolab ketishi mumkin. Menimcha, ertaga qarshi hujum taktikasida o'yinasak kerak”, - deydi “Obod” klubi futbolchisi SHoxruz Norxonov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика