Eshitdik-da! "Neftchi"ning ikki futbolchisi sobiq klubiga qaytmoqda
02 dek 12:20
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Neftchi"ning ikki futbolchisi sobiq klubiga qaytmoqda
Farg'onaning "Neftchi" klubini ikki futbolchi tark etishga yaqin.
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning telegramdagi kanalida bergan xabariga ko'ra, "Neftchi" hujumchisi SHohruz Norxonov va yarim himoyachi Javohir Qahramonov 2025 yilgi mavsumni "Buxoro" safida boshlaydi. Har ikkala futbolchi ham o'z vaqtida "Buxoro"da faoliyat olib borishgan.
Malumot uchun, Norxonov 2024 yil barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi. Qahramonov esa 28 ta uchrashuvda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Buxoro" klubi 2024 yilni Pro ligada o'tkazdi va 2025 yil Superligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Fikrlar