So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

SHoxruz Norxonov: “G'alaba qozonishimiz uchun 10 daqiqa etmadi” Yangiliklar

SHoxruz Norxonov: “G'alaba qozonishimiz uchun 10 daqiqa etmadi”

Kecha chempionatimizning 20-turida “Obod” klubi o'z uyida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib durang natija qayd etdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng “Obod” klubi futbolchisi SHoxruz Norxonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Metallurg”ga qarshi juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Bizga omad etishmadi deb o'ylayman. CHunki, birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Ikkinchi bo'limda esa umuman boshqacha futbol namoyish etdik. Agarda, ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni birinchi bo'limda ham ko'rsata olganimizda balki yirikrok hisobda g'alaba qozongan bo'larmidik.

Ikkinchi bo'lim so'ngida “Metallurg” ustidan g'alaba qozonishimiz uchun bizga 10 daqiqa etmadi. Birinchi bo'limda maydonga tushmaganimning sababi, terma jamoa yig'inidan klub bazasiga o'yin kuni etib keldim. Bizda, kim o'yindan oldingi mashg'ulotlarda ishtirok etsa o'sha asosiy tarkibda maydonga tushadi. Men jamoam bilan o'yinoldi mashg'ulotlarida qatnashmadim. SHuning uchun ham birinchi bo'limda zaxirada qoldim. Lekin, ikkinchi bo'limda murabbiyimiz meni maydonga tushirdi va jamoamga foyda keltirdim. Bundan xursandman. Nima ham derdik bu futbol. Keyingi turda bizni “Bunyodkor”ga qarshi bundanda og'ir bo'lgan uchrashuv kutib turipti”, - deydi “Obod” klubi hujumchisi SHoxruz Norxonov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика