SHotlandiya himoyachisi jarohat tufayli "Arsenal" ixtiyoriga qaytadigan bo'ldi
21 iyu 2024 19:50
Yangiliklar
SHotlandiya himoyachisi jarohat tufayli "Arsenal" ixtiyoriga qaytadigan bo'ldi
"Arsenal" va SHotlandiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Kiran Tirni Evro-2024'da boshqa o'ynamaydi.
Tirni SHveycariyaga qarshi o'yinda (1:1) to'pig'idan jarohat oldi, shu sababli maydonni zambilda tark etdi. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, Tirni davolanish uchun "Arsenal" ixtiyoriga qaytishi kerak degan qarorga kelindi.

SHotlandiya uchun Tirni markaziy himoyaning chapida harakat qildi.
Avvalroq Germaniyaga qarshi o'yinda (1:5) o'ta qo'pol ravishda qoida buzgani uchun qizil kartochka olgan markaziy himoyachi Rayan Porteus guruh bosqichi so'nggga qadar diskvalifikaciya qilingandi.
SHotlandiya 23 iyun kuni pley-off yo'llanmasi uchun Vengriyaga qarshi o'ynaydi. Faqat g'alaba Stiv Klark jamoasiga 1/8 final yo'llanmasi uchun imkon qoldiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar