SHotlandiya chempionati. Jerrard boshqaruvidagi “Reynjers” safarda “Seltik”ni taslim etdi (+jadval)
17 okt 2020 19:20
Yangiliklar


SHotlandiya chempionati. Jerrard boshqaruvidagi “Reynjers” safarda “Seltik”ni taslim etdi (+jadval)
Unda Stiven Jerrard murabbiylik qilayotgan “Reynjers” mehmonda “Seltik”ni 2:0 hisobida taslim etdi. Glazkoliklar safida Konnor Goldson dublga erishib, jamoasiga uch ochko keltirdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Jerrard shogirdlari chempionat jadvalida 29 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib oldi. Ularni taqib qilib kelayotgan “Seltik”da esa 25 ochko bor.
Seltik – Reyndjers 0:2 (0:1, 0:1)
«Seltik Park»
Gollar: 0:1 – 9 Goldson, 0:2 – 54 Goldson.
Seltik – Barkas, Uelsh (Ternbull, 84), Daffi, Ayer, Laksalt (Teylor, 84), Braun, Frimpong, Ntcham (Rogich, 67), Makgregor, Elyunussi (Ayeti, 56), Klimalya (Griffits, 67).
Reyndjers – Makgregor, Xelander, Taverne, Goldson, Barishich, Kamara, Arfild (Aribo, 90), Barker (Djek, 62), Devis, Kent, Morelos (Itten, 86).
Ogohlantirishlar: Arfild (60), Braun (61), Daffi (85), Morelos (85).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar