So’nggi yangiliklar

21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  11 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  1 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  17 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  5 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   89 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   6 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7

"Xushtakdan keyin to'pni tepgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerakligini yosh bola ham biladi-ku. Nega muxlislar hakamni haqorat qilishadi?" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Xushtakdan keyin to'pni tepgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerakligini yosh bola ham biladi-ku. Nega muxlislar hakamni haqorat qilishadi?" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 8-tur doirasidagi markaziy to'qnashuv "Paxtakor" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze ishtirok etdi.

- Qiziqarli to'qnashuv yuzaga keldi. O'yindagi azart, keskinlik va shiddat yuqori bo'ldi. CHempionat etakchilari o'ynashdi, vaziyatlar, sariq kartochkalar va gollar. Bu hafta nafaqat "Paxtakor" uchun, balki "Barselona" va "Ayaks" uchun ECHLda alamli bo'ldi. Albatta bu achinarli. Alam qilgani shuki, raqibda deyarli yuz foizlik vaziyat yuzaga kelmadi. Hisob 2:0ga aylangach jamoa bo'shashdi. SHuningdek, bugun "Navbahor"ni qo'llash uchun kelgan namanganlik muxlislarni ham alohida etirof etish lozim. Ular o'yin oxirigacha o'z suyuklilarini tinimsiz olqishlab, qo'llab turishdi. Mavsum davom etadi. Oson o'yinlarning o'zi yo'q. Barcha bahs qiyin o'tmoqda. "Paxtakor" o'z yo'nalishida harakatlanishni davom ettiradi.

- Joriy mavsumda ilk bor g'alabani qo'ldan chiqarganimizga asosiy sabablardan biri, bu raqibning munosib qarshiligi. SHuningdek, biz juda erta bo'shashib, o'yin tizgini qo'ldan chiqardik. Natijaga o'ynashni boshlab yuborgach, ko'proq orqaga o'ynadik. "Navbahor" esa birinchi golni urib olgach tezda o'yinga qaytdi.  Balki jamoamizga qiyin rejim ham halaqit qilgandir. CHunki har 4-5 kunda o'yin o'tkazyapmiz. Bu ham o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. SHunga qaramay yuqori darajada o'ynayotgan jamoamizni maqtab qo'ymoqchiman. Bu oson emas. Hali aytganimdek, chempionat davom etadi. Biz esa yo'l qo'yilgan xatolardan tegishli xulosalar chiqarishimiz kerak. Tayyor g'alabani qo'ldan chiqarish alamli. Lekin hisob tenglashgach ham jamoamiz futbol o'ynadi va oldinga o'tdi.

- Bir narsani tushunmayman, nega hakam xushtagidan keyin to'pni tepib yuborgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilsa muxlislar uni so'kishadi? Nega? Futbolchi hakam xushtagidan keyin to'pni tepib yuborishi mumkinmi? Futbol maktabidagi yosh o'quvchi ham xushtakdan keyin to'pni tepib yuborish mumkinmasligi va shunday holat ruy bersa, unda bu sariq kartochka ekanligini biladi. Muxlislar nega shu payt hakamlarni haqorat qilishadi? To'pni yon chiziqdan o'yinga kiritsak kimdir xato qiladi. Autdan offsayd. Lekin biz bunday xatolar payti hakamni jo'r bo'lib haqorat qilmayapmizku. Hamma adashadi, xato qiladi.

- Hisob 2:2 bo'lgach nega Azamovni chaqirdim? Marko Simich qo'lini ko'tardi. Biz u o'yinni davom ettira olmasligini aytyapti deb tushundik. Keyinchalik hammasi joyidaligini bildirdi. SHu boisdan bu o'zgarishni amalga oshirishga hojat qolmadi.

- Bikmaev? Hamma ishlamoqda, harakat qilmoqda. To'g'ri, hujumchi gol urishi lozim. Men ishonamanki, Marat o'z soniyalarini topadi va gollar uradi.

- Maydon maysasi tezkor futbol o'ynash uchun ideal holatda. Bu nafaqat bizga, balki raqiblarga ham manzur keladi deb o'ylayman. Bu aynan bizga kerak bo'lgan daraja va sifat. Agarda jamoa sifatli futbol o'ynamoqchi bo'lsa, unda shunday maydonda to'p tepish kerak. Bizga mehmon bo'lib kelayotgan jamoalar ham mazkur maydonda futbol o'ynab rohatlanishmoqda deb o'ylayman. Buni esa kengaytirish lozim. Men o'z vaqtida barcha joylarda sifatli maydonlar bo'lishi kerak deganimda balki kulganlar bo'lgandir, ammo joriy mavsumdan vaziyat yaxshilandi. Namanganda uzoq kutilgan sifatli maydon paydo bo'ldi, "Bunyodkor" o'zgartirdi, Qo'qonda va boshqa joylarda bu borada ahvol yaxshilandi. Boshqacha yo'l bilan futbol o'ynab bo'lmaydi. Yuqori darajadagi sifatli futbolni aynan mana shunday maydonda o'ynaladi. Qolgan darajadagi futbol esa asfaltda, ko'chada yoki zalda o'ynaladi. Biz Jahon chempionati va Olimpiadaga yo'llanma olishni istaymiz. Buning uchun esa ishlar shunday ro'sinda davom etmog'i lozim. "Paxtakor"ga kelayotgan jamoalardan so'ranglar, ularda bizni maydonda yoqadimi? Agarda yoqmaydigan bo'lsa va ular tezkor futbol o'ynashni istashmasa, unda bizga yoqadigan futbol o'ynashadigan chempionatlar: Italiya, Ispaniya, Angliya yoki Germaniyada nega bunday kichik detallarga jiddiy etibor qaratilishi haqida o'ylab ko'rishsin. Faqat bugungi kun bilan yashab, malum bir o'yinda durang yoki natija ko'rsatishni o'ylash yaramaydi.

- Masalan biz bilan durang o'ynab, buni g'alabadek nishonlash aslida bizga berilgan baho. "Navbahor" bugun xarakter ko'rsatgani va o'yinga qaytganini alohida etirofga loyiq. Ular bugungi durangni g'alabadek nishonlashdi. Biz esa shunday katta tashabbusga egalik qilib, yakunda buni boy berdik. "Paxtakor" bugun 2 ochko yo'qotdi, "Navbahor" esa 1 ochko qo'lga kiritdi. CHempionat etakchilaridan biriga qarshi o'ynadik. Bugungi o'yinda raqib namoyish etgan xarakter uchun ularni tik turib olqishlasa arziydi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика