SHota Arveladze: "Urilmagan penaltidan keyin jamoa ruhan taslim bo'ldi"
06 apr 2018 21:37
Yangiliklar


SHota Arveladze: "Urilmagan penaltidan keyin jamoa ruhan taslim bo'ldi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Buxoro"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoaga penaltidan urilmagan gol ruhan zarba bo'lganini takidlab o'tdi.
"Qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. Uchrashuv juda qiyin o'tdi. Birinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak edi. Bu kabi o'yinlarda birinchi golni urib olish juda muhim. Urilmagan penaltidan keyin jamoamiz ruhan taslim bo'ldi. "Buxoro" esa bu orada tanaffusga qadar tez gol urdi. Birinchi bo'limda bizda imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Ikkinchi taymda esa to'xtalishlar ko'p bo'ldi. Odatda yutayotgan jamoa uchrashuv tempini tushirishga, yutqazayotgan jamoa esa tezkor o'ynashga intiladi. Bu orada esa vaqt o'tib boraveradi. "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman", - dedi SHota Arveladze.
Buxoro Salamat Qutiboev - 43' |
Superliga. 5-tur 06/04/2018, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Paxtakor |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar