SHota Arveladze "Spartak" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
22 fev 2020 19:16
Yangiliklar
SHota Arveladze "Spartak" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
- Rasmiy o'yinlardan yana o'rtoqlik uchrashuviga qaytganimiz xalal bergani yo'q. Raqib kuchli jamoa "Spartak" edi. O'zimizni tekshirib olishga yaxshi chorlov. Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarni o'zimiz uchun ko'rib, belgilab olamiz. Saviya, tezlik, yakkakurashlar borasida muammo borligi ko'rindi. Jismoniy tarafdan imkoniyatlarimizni o'stirishimiz kerak. Menimcha, shunday kuchli jamoalar bilan ko'proq o'ynab, yuqori suratdagi o'yinlarga moslashishimiz kerak.
Oldinda bizni chempionat va CHempionlar ligasi kutmoqda. Osiyoda ham kuchli jamoalar ko'p, xalqaro o'yinlar yuqori suratda o'tadi. Tezlik va jismoniy jihatni o'stirishimiz lozim.
"Spartak" stadionida sharoitlar ajoyib, maydon alo holatda. Ularga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman.
Fikrlar