Superliga. "Andijon" o'z uyida "Buxoro" bilan durang o'ynadi
01 noy 18:58
Yangiliklar
Superliga. "Andijon" o'z uyida "Buxoro" bilan durang o'ynadi
"Andijon" - "Buxoro" 1:1
1 noyabr 2025 yil. Andijon, "Bobur Arena" stadioni. 17:00
Hakamlar: Rustam Choriev, Shohruh Azamov, Azizbek Isaqov, Isroiljon Imomnazarov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Diyor Xotamqulov.
Gollar: Dominik Begich 57, - 0:1 (Frane Chiryak). Abdulvohid G'ulomo 68, - 1:1.
"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Shahzod Azmiddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Sardorbek Azimov (99.Muhammadali Usmonov, 86), 18.Damir Temirov, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov (23.Doniyor Abdumannopov, 61).
Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 2.Abubakir Ashurov, 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 14.Abdurahmon Komilov, 16.Abdurahmon Abdullaev, 33.Oleg Zoteev, 88.Shohjahon Yorqinboev, .
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev (17.Javohir Ro'ziev, 69), 10.Azizbek Amonov (11.Ibrohim No'monov, 86), 22.Toma Tabatadze (19.Bilol Tupliev, 69), 25.Frane Chiryak, 33.Yosip Tomashevich, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Amirbek Saidov, 14.Alisher Xayrullaev, 27.Muhammad Yo'ldoshev.
Ogohlantirishlar: Toma Tabatadze 61, Sardor Qulmatov 64.
MATNLI TRANSLYACIYA
90+5. O'YIN TUGADI. "Andijon" - "Buxoro" 1:1
90+2. ZARBAAA! Jo'rabekovning kuchli zarbasidan keyin Tokotaev to'pni qaytardi!
90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi
88. ZARBA! Begichning zarbasidan keyin Tokotaev seyv namoyish etdi
86. O'zgarish. "Buxoro". Amonov o'rniga No'monov tushdi
86. O'zgarish. "Andijon". Azimov o'rniga Usmonov tushdi
79. ZARBA! Ro'zievning to'xtatmasdan yo'llagan zarbasidan keyin Tokotaev to'pni egallab oldi!
75. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Temirov uzatgan to'pga Ismonaliev biroz kech qoldi!
72. ZARBAAA! Jo'raqo'zievning to'p uzatishidan keyin Doniyor zarba berdi, biroz noaniq!
70. ZARBA! Tomashevichning chap oyoqda yo'llagan zarbasi xavfli, lekin noaniq chiqdi
69. O'zgarish. "Buxoro". Tabatadze va Xayrullaev o'rniga Tupliev va Ro'ziev tushdi
68. GOL! Temirovning kuchli zarbasidan keyin Boymurodov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Abdulvohid G'ulomov darvozaga yo'lladi - 1:1.
61. O'zgarish. "Andijon". Abdumannonovning o'rniga Doniyor Abdumannopov tushdi
60. Xavfli vaziyat! Azmiddinovning to'p uzatishidan keyin Jo'raqo'ziev birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Kamiga o'yindan tashqari holat ham bor ekan.
59. UXXXXXX! Jo'rabekovning xatosidan keyin Abdumannonov yaqin masofadan zarba berdi, Boymurodov oyoqlari bilan to'pni qaytardi!
57. GOL! Chiryak bilan devor uslubida o'ynagan Begich jarima maydoni ichidan gol urdi - 0:1.
50. Xavfli vaziyat! Ismonaliev va Qulmatov kurashdi, Qulmatov yiqilib tushgani uchun hakam o'yinni to'xtatdi. Bu vaziyatda Ismonaliev raqibni turtgan bo'lib chiqdi
47. Zarba! Abdumannonovning kuchsiz zarbasidan keyin Boymurodov to'pni ushlab oldi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi
41. Zarba! Chiryakning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi noaniq ketdi
39. Zarba! Xayrullaevning zarbasi ancha noaniq ketdi
36. Xavfli vaziyat! Abdumannonovning uzatmasidan keyin Ismonaliev raqib jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sherigi tomon uzatdi, xavfni Ikich bartaraf etdi!
30. UXXXX! Azizbek Amonov o'ng tomondan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p hammadan o'tib darvoza ustuniga tegib qaytdi!
22. Xavfli vaziyat! Ismonaliev birga bir vaziyatga chiqib ketayotganida Jo'rabekov to'pni qaytarib yubordi
14. ZARBA! Hamidjonovning kuchli zarbasidan keyin Boymurodov to'pn qaytardi
10. Yana "Buxoro"dan hujum, Xayrullaevning jarima maydoni ichidan tepgan to'pi Novakka tegib maydonni tark etdi, yana burchak to'pi
9. ZARBA! Burchak to'pidan keyin Qulmatov boshi bilan aniq zarba berdi, Tokotaev ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi
8. ZARBAAAAA! Tomashevichning uzatmasidan keyin Amonov jarima maydoni ichida to'pni egallab kuchli zarba berdi, to'p Tokotaevning qo'liga tegib darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi!
8. Zarba! Toma Tabatadzening jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
7. Xavfli vaziyat! Abdumannonovning uzatmasiga Azimov biroz eta olmadi.
6. Mezbonlarda burchak to'pi, Damir Temirovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Namangandan qaytishda avtohalokat natijasida vafot etgan "Nasaf" muxlisi Mahmud Muhammadiev xotirasi uchun 1 daqiqa sukut saqlandi.
- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar