Shota Arveladze: "So'g'diyona" uyushqoq futbol ko'rsatadi"

Narzulla Saydullayev
15 may 2018, 10:23
"Paxtakor" bosh murabbiyi Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi kechadigan bellashuvdan avval fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Raqibimiz yaxshi shakllangan jamoa. Ular uyushqoq holda o'yin ko'rsatishga harakat qilishadi. Stadionda yaxshi sharoitlar yaratilgan, ammo maydon holati yomon deb aytishim mumkin. Shunga qaramay, o'z futbolimizni namoyish etishga urinamiz.

Bu yerda futbolni juda yoqtirishlarini bilaman. O'ylashimcha, ishqibozlar stadionga tashrif buyurishadi. Biz boshqa uchrashuvlarda bo'lgani singari g'alaba qozonishga shaylanganmiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz