So’nggi yangiliklar

14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  0 13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  7 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3

SHota Arveladze: "Sergeevning yubiley 100-goli? Qo'shimcha 100 dollar mukofot puli sovg'a qilamiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Sergeevning yubiley 100-goli? Qo'shimcha 100 dollar mukofot puli sovg'a qilamiz"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (8:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda bu o'yinda bizning barcha ishlarimiz o'xshagani, raqibda esa aksincha holat kuzatilganini takidlash lozim. Uchta rikoshet va boshqa gollar. Lekin shunga qaramay hisob yirik ko'rinishga kelganda ham jamoa tartibli, pozicion taraflama yaxshi o'yin ko'rsatganini aytish kerak. Bunday o'yinlar juda kam va xavfli bo'ladi. "Qizilqum" aslida oson yutiladigan raqib emas. Ular chempionatda bugungidek bo'sh o'yin ko'rsatishmaydi. Bugungi g'alabadan havolanib ketib, ortiqcha gapirmaslik kerak.

Men jamoadagi statistikalarim bilan chalg'ib qolmasligim kerak. Asosiy maqsad natijalar. Birinchi navbatda yangi mavsumdagi ilk vazifa, yani OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olishni uddalagandik. Ikkinchi qismida esa qiyin guruhdan chiqib, musobaqada munosib ishtirok etishimiz lozim edi. Mamlakatga o'zbek futbolini keo'rsatishni istagandik.

Tan olish kerak, OCHLda guruhimiz juda qiyin edi. Qatar terma jamoasida "Al Sadd"ning 6-7 nafar futbolchilarini ko'rsam xursand bo'laman. Biz ular bilan tengma-teng o'ynagandik. Ularni uyda ham, Qatarda ham yutishimiz mumkin edi. "Al Sadd"dagi terma jamoa azolariga Gabi va Xavini qo'shsak, bu deyarli Kopa Amerikada Argentina, Kolumbiya va Paragvay bilan o'ynayotgan Qatar terma jamoasiga aylanadi. Bu jihat barchaga kelajakka yaxshi, pozitiv ruhda qarash kerakligini anglatadi, menimcha. Barchamiz birgalikda ishlab, o'z muammolarimizni hal etishimiz lozim. 

Qaytaraman, statistika bilan ovora bo'lmay, oldimizda turgan chempionat va kubok musobaqalariga etibor qaratgan maqul. Hali chempionatdagi mavsumning yarmi ham o'tgani yo'q. 

SHuni istardimki, stadionga keladigan muxlislar ko'proq bo'lsa. Bugun stadionga kelgan muxlislar uchun yaxshi futbol kechasi bo'lib o'tdi. Gollar, ob-havo yaxshiligi, sifatli maydondagi futbol. Umid qilamanki, biz bilan mavsum startida birga bo'lgan, ishqibozlar bu gaplarimni eshitib, stadionga qaytishadi. 

Igor Sergeevning 100-goli? To'g'risi buni o'yindan keyin bildim. SHu boisdan ham hali alohida bu voqea bilan tabriklaganimiz yo'q. Demak unga qo'shimcha sifatida 100 AQSH dollari sovg'a qilamiz (kuladi). Bu har bir goli 1 dollarga teng qiymat ekanligini bildirmaydi, shunchaki yubiley goli bo'lgani uchun hazil tariqasida tez javob berdim. Igorni albatta yubiley goli bilan alohida tabriklaymiz. 

Transfer kompaniyasi? Selekciya davom etmoqda. Biz lazaretdagi futbolchilarni tiklanishini kutyapmiz. Ular birinchi davra yakuniga qadar ulgurishmadi. Ammo ko'pchilikda tiklanish jarayoni tez va yaxshi ketmoqda. Yaxshiboev tez orada safga qaytishi kerak. Sadriddin Abdullaev ham qaytishi kerak. Doston Hamdamov individual mashg'ulotlarni boshladi. Javohir Sidiqovni esa biroz kutishga to'g'ri keladi. Ko'ramiz.


Paxtakor

Marat Bikmayev - 7', Igor Sergeyev - 13', Marat Bikmayev - 20', Dragan CHeran - 45', Igor Sergeyev - 62', Dragan CHeran - 73', Vladimir Kozak - 83', Igor Sergeyev - 85'

Superliga. 12-tur

21/06/2019, 19:45

0
:
8
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
7'  Marat Bikmayev
7'  Egor Krimets
13'  Igor Sergeyev
13'  Sardor Sobirxo’jayev
20'  Marat Bikmayev
20'  Dragan CHeran
45'  Dragan CHeran
45'  Sardor Sobirxo’jayev
46'  Farrux Sayfiev (Akrom Komilov)
62'  Igor Sergeyev
62'  Jaloliddin Masharipov
64'  Sherzod A’zamov (Marko Simich)
68'  Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak)
73'  Dragan CHeran
83'  Vladimir Kozak
83'  Jaloliddin Masharipov
85'  Igor Sergeyev
85'  Marat Bikmayev
24'  Murod Bobojonov (Sardor ZHahonov)
46'  Sherali Jo’rayev (Elguzha Grigalashvili)
69'  Elguzha Grigalashvili

Qayd etish kerakki, "Qizilqum" ustidan qozonilgan mazkur g'alaba SHota Arveladzening "Paxtakor" rulidagi 48-yutug'iga aylandi va eng yirik hisobdagi g'alaba bo'ldi. Arveladzening bugungi o'yini bilan qo'shib hisoblaganda, bellashuvlar soni 73taga etdi. Statistika quyidagicha: 48 g'alaba, 13 durang va 12 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 143-58. 


Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика