So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

SHota Arveladze "Paxtakor" toliqib qolganini takidladi hamda bir kunlik ortiqcha hordiq uchun PFLga rahmat aytdi (matbuot anjumani) Yangiliklar

SHota Arveladze "Paxtakor" toliqib qolganini takidladi hamda bir kunlik ortiqcha hordiq uchun PFLga rahmat aytdi (matbuot anjumani)

Superliga 7-tur doirasidagi ilk o'yin "Paxtakor" - "Metallurg" ishtirokidagi bahsdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze ishtirok etdi.

"O'ylashimcha, ikkita har xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda tezkorlik bilan juda yaxshi o'ynadik. Ko'plab vaziyatlar yaratildi. Ammo hujumni yakunlovchi oxirgi zarbani berishda oqsamoqdamiz. Tanaffusdan keyin biroz toliqib qoldik va buni natijasida o'yinimiz ancha sekinlashdi. Lekin shunga qaramay raqib darvozamiz tomon deyarli aniq zarba bergani yo'q. Bunga yo'l qo'ymadik. Biz ham xavfli vaziyatlar sodir etolmadik. Jamoa har 3-4 kunda futbol o'ynamoqda. Jamoa jismonan yaxshi darajada. Biz endi kelasi o'yin haqida bosh qotirmoqdamiz", - deya o'z fikrlarini bildirdi SHota Arveladze.

- "Persepolis" bilan o'yinga qadar jamoa jismonan tayyor holatga keladimi?

- Nafaqat jismoniy taraflama, balki ruhan ham ancha tetiklashib olamiz. Bu esa futbolchilarga tiklanib olish jarayoninin osonlashtiradi. Birinchi navbatda men OCHL doirasidagi "Persepolis"ga qarshi uchrashuvda ko'p minglab ishqibozlar qo'llab-quvvatlovidan umid qilaman. O'ylaymanki, o'zbekistonlik minglab futbol muxlislari bizga ishqibozlik qilishadi. Stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlashadi. Bu biz uchun juda muhim o'yinga aylanadi. SHu o'rinda PFLga o'yinni bizning foydamizga moslab oldinroqqa surgani uchun rahmat aytaman. Bir kun ortiqcha dam olish imkoniyatiga ega bo'lganimizdan xursandman.


- SHipilov ikkinchi taymda "Metallurg" o'yinda ustunlik qilganini takidladi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Balki. Bazan "Metallurg" o'yinni nazorat qilishdi, maydon markazida to'pni ushlashdi. Biz esa passiv pressingni amalga oshirdik. "Metallurg" darvozamiz oldida chinakamiga xavfli vaziyatlar yuzaga keltirmadi. Faqat burchak zarbalari va standart vaziyatlari. Biz charchab qolganimiz tufayli juda erta orqaga o'ynashni boshlab yubordik. Bu esa biz xohlamaydigan o'yin. "Paxtakor" doim hujumkor va oldinga boruvchi o'yin tarafdori. Lekin buogun charchoq alomatlari o'z tasirini ko'rsatdi. 


- "Paxtakor"da uzoqdan yaxshi zarba beradigan futbolchilar etarli. Masalan CHeranda ajoyib zarba bor, yoki Hamdamov...

- To'g'ri, ular ko'proq darvozani "o'qqa" tutishlari zarur. Aks holda raqib darvozasini boshqacha yo'l bilan ishg'ol etib bo'lmaydi. Bugun ham zarbalar bo'ldi, bo'lmadi emas. Ammo kutilgan darajada emas. Biz buning ustida ish olib boryapmiz. Lekin mening qo'limda boshqariladigan djoystik yo'q, men ularni o'yin davomida boshqara olmayman. Javohirda ikkinchi bo'limda, Jalolda birinchi bo'limda imkoniyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Ikkinchi taymda esa charchoq alomatlari tufayli kutilganidek o'ynay olmadik. 


- Eldorbek Suyunovni qachon maydonda ko'ramiz?

- Bilmadim.


- Jamoa deyarli har o'yinda gol o'tkazmoqda...

- CHunki raqiblar darvozamiz tomon yaxshi zarbalar yo'llashmoqda. Bizning raqiblar yaxshi darajadagi jamoalar.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика