So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

SHota Arveladze O'zbekiston chempionatida ikkinchi bor g'olib bo'lgan ikkinchi xorijlik murabbiy Yangiliklar

SHota Arveladze O'zbekiston chempionatida ikkinchi bor g'olib bo'lgan ikkinchi xorijlik murabbiy

Gruziyalik mutaxassis "Paxtakor"ni ketma-ket ikkinchi marta va tarixda 13-bor mamlakatimiz chempioniga aylantirdi.

SHu paytga qadar O'zbekiston chempionatida 7 nafar xorijlik murabbiy g'olib chiqqan. Vega da Silva (Braziliya, "Paxtakor"), Leonid Ostroushko (Qozog'iston, "Do'stlik"), Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston, "Paxtakor"), Ziko (Braziliya, "Bunyodkor"), Luish Felipe Skolari (Braziliya, "Bunyodkor"), Andrey Fyodorov (Rossiya, "Lokomotiv") hozirgacha chet ellik mutaxassislar orasida chempionga aylangan. Arveladze esa "Paxtakor"da Vega da Silva va Tachmurod Agamurodovdan keyin oltin medalga ega chiqqan uchinchi xorijlik mutaxassis sanaladi. SHuningdek, u ikki bor chempion bo'lgan Agamurodovga tenglashib oldi.

Yakuniga etgan mavsumdan keyin SHota Arveladze O'zbekiston chempionatidagi o'yinlar soni bo'yicha "Paxtakor" bosh murabbiylari ro'yxatida ikkinchi pog'onadan joy olib turibdi. Yana etti o'yinda "Paxtakor"ni Superligada maydonga boshlab tushgan taqdirda u Ravshan Haydarovning rekordidan o'zib ketadi. Arveladze boshchilik qilgan Superligadagi 98 o'yinda "Paxtakor" 73 g'alaba, 14 durang va 11 mag'lubiyatni qayd etgan. Bu bahslarda jamoa 79 foiz ochkolarga ega chiqqan. Raqib darvozasiga 237 to'p kiritilib (bir o'yinda o'rtacha 2,41tadan), 70 gol o'tkazib ppyuborilgan.


"Paxtakor"ni O'zbekiston chempionatida eng ko'p o'yinlarda boshqargan murabbiylar:

1. Ravshan Haydarov - 104

3. SHota Arveladze (Gruziya) - 98

3. Viktor Jalilov - 93

4. Aleksandr Ivankov - 73

5. Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston) - 64

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика