So’nggi yangiliklar

22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  9 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  8 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  1 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  2 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  1

SHota Arveladze: "O'yinda juda ko'p to'xtalishlar bo'ldi, bu futbolni o'ldiradi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "O'yinda juda ko'p to'xtalishlar bo'ldi, bu futbolni o'ldiradi"

"Surxon" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida SHota Arveladze qatnashdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Bugun muxlislarga rahmat aytaman, to'la stadionda o'ynash doim yoqimli. Yomon harakat qilmadik, vaziyatlar yaratdik, gol o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Bu maydonda sal tezroq o'ynashimiz kerak edi.

Jaloliddin Masharipov barcha o'yinlarda maydonga tushgani sababli biroz charchab qoldi va ikkinchi bo'limda unga dam berdik.



Akrom Komilov yuqori saviyaga kirib olishi uchun bir oz o'yinlar kerak. Bugun yaxshi harakat qilishga intildi va stabil o'ynadi.

O'yin davomida raqiblar ikki marta chinakamiga xavfli vaziyat sodir etishdi. Darvozabonimiz o'sha vaziyatlarda jamoamizni qutqardi, bekorga u darvozada turmayapti, bekorga terma jamoaga chaqirishmayapti. Bitta vaziyat bo'lsa ham u to'pni qaytarishi kerak.

Bugun menga nimalar yoqmadi? Maydon holati yoqmadi. Bundan tashaqri mezbonlar juda ko'p holatlarda yotib olaverishdi, vaqtni cho'zishdi. O'yin boshlanishidan ozgina o'tiboq bu ishga qo'l urishdi. Natijadan qoniqmadim. 12-14 martacha ular yotib olishdi. Juda ko'p pauza bo'ldi, bu futbolni o'ldiradi. Natijadan qoniqqanim yo'q, qanday qoniqishim mumkin? Biz o'yin bo'yicha ikki ochko yo'qotdik deb hisoblayman", - deydi SHota Arveladze.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика