So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

SHota Arveladze: "Navbahor" muxlislariga hamdardlik bildiraman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Navbahor" muxlislariga hamdardlik bildiraman"

"Paxtakor" - "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan keyin SHota Arveladze matbuot anjumanida qatnashdi.

Unga o'yinning eng yaxshi futbolchisi Dragan CHeran hamrohlik qildi.

"Avvalo bugungi o'yin haqida fikr bildirishdan oldin o'tgan haftada "Navbahor" muxlislari bilan sodir bo'lgan qayg'uli voqeani eslab o'tmoqchiman. Vafot etganlarning barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Qura bizga ilk turdayoq mamlakat chempioniga qarshi bahsni taqdim etdi. Uchrashuv teng boshlandi. Bizda ko'proq vaziyatlar bo'ldi, g'alabaga haqli edik. Futbolchilarni tabriklamoqchiman. Bu faqat boshlanishi, hali hech nima o'zgargani yo'q. Futbolda eng muhimi - keyingi safar. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi SHota Arveladze.



"Barchaga xayrli kech. Bugun men uchun qiyin o'yin bo'ldi. Oxirgi 12 kun ichida juda og'ir bo'lgan 4ta o'yin o'tkazdik. Har biri farqli ravishda juda ham qiyin kechdi. SHu bois balki bugungi o'yinni biroz og'irroq, sekinroq boshladik. Tanaffusda biroz sovub olganimizdan keyin ikkinchi taymga yaxshi jamoa bo'lib chiqdik. 10 daqiqa ichida uchta gol urdik va g'alaba qozondik. Muxlislarga katta minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat aytaman", - deydi Dragan CHeran.

- Sidiqovni qanotda o'ynatmoqchimisiz?
- U juda ham original futbolchi. Istalgan joyda o'ynay oladi. Uning uchun eng yaxshi nuqta hujumchi ortida ekanligini bilaman. Ammo bugun, kecha yoki ertaga istalgan joyda o'ynay oladi.



- Bugun hujumda Sergeev o'ynadi...
- Jamoa tartibli o'ynasa, biz talab qilayotgan barcha narsani bajarishsa murabbiy xursand bo'ladi. Marat va Dragan, Igor va Dragan bir-birini yaxshi tushunishadi.

Dragan CHeran:
- Hujumda kim o'ynashining farqi yo'q. Istalgan futbolchi bilan o'ynayveraman.

- O'zbekistonda "Nasaf" safida ko'p chiroyli gollar urgansiz. Bugungi golingiz O'zbekistondagi faoliyatingizda eng chiroylisimi?
Dragan CHeran:
- Ehtimol, ha.


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика