So’nggi yangiliklar

22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   19 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  3 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  8 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6

SHota Arveladze: “Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda o'ynash gunoh” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda o'ynash gunoh”

Superliganing 23-turi doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi SHota ARVELADZE ishtirok etdi.

SHota Arveladze: - "Birinchi navbatda ajoyib muhitda o'ynaganimiz maroq bag'ishlaganini yana bir bor takidlab o'tmoqchiman. Umid qilamanki, bir kun kelib "Navbahor" stadioni maydonini yaxshiholatga keltirishadi. Namangandagi maydon O'zbekistondagi eng yomon maydonlardan biri. SHunday ajoyib jamoa, fantastik muhit, super muxlislari bor jamoa bunday maydonda o'ynashi gunoh. "Navbahor" yaxshi va chiroyli futbol o'ynashni istasa, unda avvalo maydonni to'g'rilashi kerak".


O'yinga keladigan bo'lsak, raqib ham, biz ham o'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazdik. Ikki bor hisobda oldinga chiqib turib, g'alabani boy berganimizdan afsusdaman. 

Maydon holati haqida ilk bor bu erda gapirib turibman. Avval yutqazganimiz bois bahona bo'lib qolmasligi uchun ham bu haqda og'zimni ochmagandim. O'tgan safar bu maydonda nimalar topganimiz haqida hozir gapirmoqchi emasman. Men hech kimni ayblamoqchi yoki kimnidir barmog'im bilan ko'rsatmoqchi emasman. SHunchaki bu maydon bizga, "Navbahor"ga futbol o'ynash uchun halaqit bermoqda. O'zbekistondagi eng zo'r muxlislar, eng yaxshi muhit Namanganda. Ammo maydon juda achinarli holatda. Agarda gapim kimgadir tegib ketgan bo'lsa yoki kimnidir xafa qilgan bo'lsam uzr. Ammo bor haqiqatniaytyapman. Masalan, Turg'unboev yaxshi sifatdagi maydonda yomon o'ynaydimi? "Navbahor"ni o'yini kuchayishi, umuman o'zbek futboli rivojlanishi uchun avvalo, maydonlarni yaxshilash kerak. Futbolni maydonda o'ynaladi. 

Natijadan qoniqdimmi? O'ylashimcha, biz 1 ochkoni qo'lga kiritmadik, aksincha 2 ochko yo'qotdik. Hisob 0:0 bo'lib turgan payti ham ikkita vaziyatni ko'kka sovurdik. Umuman olganda bugun mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. CHunki biz juda qaltis payt gol o'tkazib yubordik. Ammo tanaffusdan so'ng tezkor gol urib o'yinga qaytishga erishdik. Bugun ajoyib futbol muhitini ko'rdik. Oltita gol, super ishqibozlar, hamma bizga qarshi va mahalliy ishqibozlar o'z suyuklilarini oldinga chorlashdi. Qisqa qilib aytganda, bunday ajoyib muhitdagi futbolni faqatgina maydon holati buzib turibdi. Oddiy elementar pasni berishni imkoni yo'q.


Tanaffusda men yigitlarga yarim himoyadagi muammolarni aytdim. Ularni raqib jarima maydonchasi oldiga yaqinroq joylashib o'ynashlari kerakligini takidladim. Oldinda yana 45 daqiqa borligi va birgina gol ustunlikni bizga qaytarishini aytgandim. Vaziyatlarga yuzaga kelmoqda, aynan o'sha imkoniyatlardan foydalanish kerakligini takidladim. Men jamoani ko'p ham ayblamayman. CHunki bunday maydonda biz o'z futbolimizni ko'rsatishga qiynalamiz.

Qisqa qilibaytganda, mavsumni yana qaytadanboshladik. Keskin kurash hali oldinda.

Penalti? Negadir hech kim bizni urgan golimizni ofsayd tufayli hisobga olishmagani haqida so'ramayapsizlar. Mayli, bu haqida gapirmayman. Penalti borasida shuni aytishim mumkinki, men hali takroriy lavhani ko'rganim yo'q. Menimcha, futbolchini reakciyasidan u to'pni qo'li bilan o'ynagandek tuyuldi. 


Farruh Sayfiev: "Bizni juda qiyin bahs kutib turganini bilardik. Murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni imkon qadar bajardik, deb o'ylayman. Superligadagi kuchli-oltitalikda oson o'yinning o'zi yo'q. Tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik".

Yon hakam bilan ko'p bahslashdim? To'p chiziqdan chiqmagani uchun unga etiroz bildirdim. Bor gap shu.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика