So’nggi yangiliklar

17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  7 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

SHota Arveladze: "Mashal" Bundesliga jamoalari qo'llayotgan taktik uslubda o'ynamoqda" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Mashal" Bundesliga jamoalari qo'llayotgan taktik uslubda o'ynamoqda"

"Mashal" bilan uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashib, o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Raqib haqida iliq fikrlar aytmoqchiman. Ularning oxirgi uchta o'yinini jiddiy kuzatdik. Ular Germaniya bundesligasi jamoalari qo'llayotgan taktik uslubda o'ynashmoqda. Bu 5-2-3ga o'xshaydi. Ancha qiziqarli taktika deb aytish mumkin. O'zbekistonda bunday o'ynayotgan ilk jamoa sifatida "Mashal"ni aytaman. Jamoaning o'zi ham ancha qiziqarli. Bugun biz maydonda yaxshiroq harakat qildik, ko'plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Birinchi bo'limda ko'ngildagidek tez o'ynay olmadik. Ikkinchi bo'limda esa to'liq tashabbusga ega bo'ldik. O'ylashimcha, natija bahsga mos bo'ldi. Lekin biz avvalgidek yaxshi holatga qaytish uchun ko'p ishlashimiz kerak. Jismoniy jihatdan kichik muammolar ko'zga tashlandi. Yanada ko'proq mehnat qilib, eng yaxshi holatga qaytishga intilamiz.

Derdiyok ham, Sergeev ham yuqori saviyadagi hujumchilar. Ehtimol, ularning birga o'ynaydigan payti bo'lib qolar. Bir-ikki marta uchrashuv oxirlarida shunday qildik. Ular bir xil uslubda o'ynaydigan bo'lgani uchun ko'p birga o'ynatish oson emas.

O'yinlar davomida turli holatlar bo'lishi mumkin. SHu sababli Sayfievni o'ng qanotda, Komilovni esa chap qanot himoyasida o'ynatib, o'zimizni tekshirib oldik. Abdullaev uchun juda xursandman. U uzoq muddatli tanaffusdan keyin maydonga qaytdi. Bu bilan uni tabriklayman.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика