SHota Arveladze "Instagram" orqali "Paxtakor"ning muhim bo'lagiga murojaat qildi
22 may 2019 01:59
Yangiliklar


SHota Arveladze "Instagram" orqali "Paxtakor"ning muhim bo'lagiga murojaat qildi
"Kechagi natijadan juda xafamiz. Lekin men qo'l ostimdagi jamoa bilan faxrlanaman. Osiyo CHempionlar ligasidagi mazkur ishtirokimiz yomon o'tmadi. Juda qiyin guruhda bo'lganimizga qaramasdan birinchi kundanoq qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik. O'ylashimcha, biz bundanda ko'prog'iga loyiq edik. Buyog'iga yanada ko'proq ishlab, o'sish va rivojlanishga erishmoqchimiz. Ko'ramiz, qaergacha bora olarkanmiz. "Paxtakor"ning eng muhim bo'lagi bo'lgan 12-futbolchimiz, yani muxlislarimizga katta rahmat aytmoqchiman. SHuningdek, klubdagi barcha personal, xodimlar va futbolchilarga qilingan katta hajmdagi ish uchun tashakkur. Menimcha, OCHL-2019dagi ishtirokimiz o'zgacha va fantastik ruhda o'tdi", - deyiladi SHota Arveladzening "Instagram"dagi sahifasida yozib qoldirilgan izohida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar