So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

SHota Arveladze: "Gruziyaning kelajagi faqat Evropa bo'lishi mumkin. Biz Evropaning bir qismimiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Gruziyaning kelajagi faqat Evropa bo'lishi mumkin. Biz Evropaning bir qismimiz"

Gruziya terma jamoasi sobiq futbolchisi SHota Arveladze mamlakatdagi "xorijiy agentlar" haqidagi qonunga qarshi chiqdi.

7 mart kuni Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” haqidagi qonunni birinchi o'qishda qabul qildi. SHundan so'ng Tbilisida minglab odamlar norozilik namoyishlari o'tkazishdi.

"Bizning kelajagimiz faqat Evropa bo'lishi mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng yaxshi davlat bo'la oldik, ammo bunday hal qiluvchi pallada o'zimizga muammo tug'dirmasligimiz kerak.

Bizning tanlovimiz inobatga olinmayapti, qayta ko'rib chiqishga ham yo'l qo'yilmaydi. Biz Evropaning bir qismimiz.

Qariyb bir asr oldin Sovet Ittifoqi Sandro Axmeteli, Mixail Javaxishvili va boshqa buyuk gruzinlarni agent va ayg'oqchi deb hisoblagan, ularning to'g'ri va vatanparvarlik faoliyatiga oxir-oqibatda to'g'ri baho berildi.

Hech qanday qonun yoki hukumat boshqa fikr yoki faoliyat tufayli shaxsni agent sifatida qoralash uchun vositaga ega emas, biz buni o'tmishda qoldirganmiz. Qonun raqobat, muxolifat va erkinlikni cheklashga qaratilgan", – dedi "Ayaks", "Trabzonspor", "Reynjers" sobiq futbolchisi va "Paxtakor" sobiq ustozi.

"Gruziyaning kelajagi Evropada". Xvicha Kvaracxeliya — mamlakatdagi norozilik namoyishlari haqida

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика