SHota Arveladze: "Finalda xatolar kechirilmaydi"
28 okt 2018 17:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460203_original.jpg)
![](/upload/storage/460203_220.jpg)
SHota Arveladze: "Finalda xatolar kechirilmaydi"
- Final o'z scenariysiga mos o'tdi. Xatolar kechirilmaydi. Raqib kutilganidek himoyada yaxshi harakat qildi. Biz o'z o'yinimizni namoyish etolmadik. AGMKni tarixiy g'alaba bilan tabriklayman, - deb gap boshladi SHota Arveladze.
- Bugun jamoaga nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Bu haqda ko'p gapirish mumkin. Eng asosiysi bizga bugun hissiyot va energiya etishmadi. Uni qaytarishga urinishimiz kerak. Maydonda biz bergan kuchni o'zimizga qaytarishimiz shart. Balki bu javobim falsafiy chiqqandir.
- Bu mag'lubiyat Superligadagi keyingi o'yinlarga tasir qilmaydimi?
- Yordam beradi deb aytmayman. Mag'lubiyat bizga chempionatda yordam beradi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish lozim.
- Igor Sergeev nima uchun kech tushdi?
- Maydonda 11 nafar futbolchi o'ynaydi. Agar Sergeevni tushursam boshqa futbolchini nima uchun tushmadinglar deb savol berishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar