SHota Arveladze "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin fikr bildirdi
25 may 2018 09:40
Yangiliklar


SHota Arveladze "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin fikr bildirdi
"Bunyodkor" bilan uchrashuv arafasida "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lajak bellashuv xususida fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'ylashimcha, o'yin, turnir jadvali, taqvim va Toshkentning ikki jamoasi o'rtasidagi haqiqiy, katta harflar bilan yozishga arziydigan derbi deb ataladi. Biz raqibimizni hurmat qilamiz. Ular ushbu mavsumda juda yaxshi o'yin namoyish qilishmoqda.
Futbolga qiziquvchi barcha ishqibozlarni supero'yinga taklif qilaman. Uchrashuv tomoshabop va juda qiziqarli kechishini taxmin qilyapman. Bunga muxlislarni ham ishontira olaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar