So’nggi yangiliklar

00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4

SHota Arveladze: "Ajoyib kambek qildik va xatto uchinchi golni urishimiz mumkin edi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Ajoyib kambek qildik va xatto uchinchi golni urishimiz mumkin edi"

Coca Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "sherlar" ustozi SHota Arveladze ishtirok etdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Xavfli vaziyatlar, gollar. Jamoalar turnir jadvalida qanday holatda bo'lishiga qaramasdan doimo bir-biriga jiddiy qarshilik ko'rsatib keladi. "Bunyodkor"da CHempionlar Ligasi uchun imkoniyat borligini bilardik. Biz esa, "Paxtakor"ning nomi, muxlislari uchun o'ynashni maqsad qilgandik.

Uchrashuvni yomon boshladik deb o'ylamayman, lekin o'yin avvalida maydon markazini berib qo'yishimiz oqibatida ikkita gol o'tkazib yubordik. SHundan keyin o'zimizga keldik. "Bunyodkor"ga to'pni uzoq vaqt berib qo'yish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini tushunib etdik. CHunki "Bunyodkor" yaxshi kombinacion o'yin namoyish qiladi. To'p ularda uzoq vaqt qolib ketsa, qaytarib olish mushkul. Buning uchun pressingni amalga oshirib, to'pni olib qo'yish kerak. Bizda bu o'xshadi. Ajoyib kambek namoyish qildik va xatto uchinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Ammo futbol shunisi bilan qiziq, har doim ham kutganing bo'lmaydi. Uchinchi golni uramiz deb hujumga o'tganimizda o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Nima ham derdim? "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman! Ha bizning mag'lubiyatsiz seriyamiz yakuniga etdi, ammo shonli klubga yutqazdik. Bundan tashqari terma jamoa ustozi boshchilik qilayotga klubga imkoniyatni boy berdik. "Bunyodkor"ning bugungi o'yini men uchun "syurpriz" bo'lgani yo'q. Raqibdan shunday shiddatli va qanotlardan hujumkor o'yin kutgandim.

Bugun mavsumdagi 109-golimizni urdik. Albatta xatolar bo'ladi, ular ustida ishlaymiz.

16-17 yoshli futbolchini darhol maydonga tushirish to'g'ri bo'lishini sizga kim aytganini bilmayman. 20 kun davomida U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lishdi, o'smirlar terma jamoasi ham yig'in o'tkazdi. Yoshlar doim biz bilan birga emas, terma jamoalarda ishtirok etib qaytishadi. Biz akademiya emas klubmiz, bizda o'z akademiyamiz bor. Ular Toshkent shahar chempionatida ishtirok etishmoqda.




Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика