So’nggi yangiliklar

19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  19 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  4 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  1 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  10 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  2 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  6

SHota Arveladze: "Qo'qon-1912"ga yaxshi xordiq tilayman. AGMK - "Nasaf" uchrashuvini muxlis sifatida tomosha qilaman..." Yangiliklar

SHota Arveladze: "Qo'qon-1912"ga yaxshi xordiq tilayman. AGMK - "Nasaf" uchrashuvini muxlis sifatida tomosha qilaman..."

O'zbekiston kubogi yarim final doirasidagi birinchi uchrashuvda "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"(0:3) o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yarim finalga yo'l olgan jamoalar chempionatda kuchli beshlikdan joy egallashdi. Mavsumni barqaror o'tkazgan klublar o'z kuchlarini ko'rsatishdi. Ha, og'ir mavsum o'tkazdik. Ko'p to'xtalishlar bo'ldi, futbolchilar, murabbiylar, ularning yaqinlari kasallandi. SHunga qaramay mavsumni barqaror o'tkazishga harakat qilishdi. AGMK, "Nasaf" "Qo'qon-1912" klublari yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishdi. O'yinga juda yaxshi hozirlandik. Maydon biz xohlaydigan futbolni namoyish etishga imkon bermasligini bilardik. SHogirdlarim oldida shlyapamni echaman. Futbolchilarga rahmat aytaman, ular bor kuchlarini berishdi, keskin o'yinda yirik hisobda g'alaba qozondik. Ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirdik, raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Finalga yo'l oldik, yutuqqa haqli edik. Mezbonlarga esa sog'liq, yaxshi hordiq chiqarib, keyingi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishlarini tilab qolaman",- deydi SHota Arveladze.



- Finalda kim bilan to'qnash kelishni istaysiz?
- Kubok bahslarini taxmin qilish qiyin. Gruziyada bu yil quyi divizionning ikki jamoasi finalda o'ynadi. SHu bois bu borada fikr bildirish oson emas. "Nasaf" ham, AGMK ham yaxshi sport formasida. Muxlislar qatorida men ham o'yinni ko'raman va raqibimiz kim bo'lishini bilib olaman.

- "Paxtakor"da ham kelajakda gruziyalik futbolchilarni ko'ramizmi? SHaxsan sizning qo'l ostingizda gruziyalik iqtidorlar o'ynaydimi?
- Qiyin savol. Lekin, bo'lishi mumkin. Izlash kerak. Ular mahalliy futbolchilar bir necha karra ustun bo'lishi lozim. Masalan, Dragan CHeran adashmasam O'zbekistonda beshinchi yil o'ynamoqda. Ko'proq mahalliy o'yinchilar bilan ishlashga harakat qilamiz. Iqtidorlar bu erda ham ko'p.

- Jaloliddin Masharipovning Saudiya Arabistoni chempionati vakili "Al Nassr"ga o'tishi haqida fikringiz qanday?
- O'ylaymanki, sizlar bilan mish-mishlarni muhokama qilish uchun yig'ilmaganmiz. Aniq faktlar haqida gapirganimiz maqul. Bugun ajoyib uchun "Qo'qon-1912" jamoasiga minnatdorchilik bildiraman.




Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика