So’nggi yangiliklar

17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  10 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  20 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  1 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   52 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  28 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15

"SHo'rtan"murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda Yangiliklar

"SHo'rtan"murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda

Teglar :  SHo'rtan
G'uzorning “SHo'rtan” klubi rahbariyati jamoa murabbiylar shtabini va jamoa safini kuchaytirish bo'yicha amaliy ishlarni amalga oshirmoqda.

To'g'ri, jamoa tarkibiga birinchi davra tugallaguncha futbolchi qo'shib olishni imkoni yo'q. Ammo aniq nomzodlar bo'lishiga hech qanday shubha yo'q. Buni davralar oralig'ida bilib olishimiz mumkin.

Bugun bizga malum bo'ldiki, jamoa murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda. “SHo'rtan” PFK rahbariyati bugun jizzaxlik mutaxasis Zoyir Hasanov bilan o'zaro kelishuvga erishgan.

Zoyir Hasanov “SHo'rtan” murabbiylar shtabida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida, yangi oyning birinchi kunidan ish boshlashi kutilmoqda.

Ushbu mutaxasis ayni kunlarda Qarshi shahrida murabbiylar uchun OFK tomonidan o'quv seminari o'tkazmoqda. Yani Zoyir Hasanov  2007 yildan beri OFK instruktori ham hisoblanadi.

Zoyir Hasanov to'g'risida umumiy malumotlar:

Ismi sharifi: Hasanov Zoyir Ergashevich

Tug'ilgan sanasi: 25 aprel 1971 yil

Malumoti: Oliy, 1992 yili Jizzax Davlat Institutini tamomlab, jismoniy tarbiya va futbol mutaxasisligini olgan.

Licenziyasi: OFKning “A” toifali sertifikatiga ega

Futbolchi sifatida o'ynagan jamoalari: “Yoshlik” (Jizzax) – 1987-1989 yillar, “So'g'diyona” (Jizzax) – 1989-1991 yillar

Murabbiyligi: Zoyir Hasanov 1991 yildan turli jamoalarda murabbiylik faoliyatini olib borgan, jumladan Toshkentning “Lokomotiv”, Gulistoning “Guliston”, Zominning “Zomin” va “UzDongJu” jamoalarida ishlagan.

Zoyir Hasanov “SHo'rtan” klubi uchun begona emas, u 2012 yilgi mavsumda katta murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. Bundan ko'rinadiki, “SHo'rtan” PFK direktori – SHodi aka Nomozov ushbu mutaxasisni oldindan bilgan.

Biz saytimiz nomidan va barcha vohalik futbol ishqibozlari nomidan Zoyir Hasanovga “SHo'rtan” jamoasidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика