“SHo'rtan”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
21 jan 2020 20:16
Yangiliklar
“SHo'rtan”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Bir necha yillardan buyon PRO-Ligada ishtirok etib kelayotgan “SHo'rtan” jamoasida yana bosh murabbiy o'zgardi.
Bungacha boshqaruv postida faoliyat yuritgan Sergey Kovshov vazifasidan ozod etildi.
Klub rahbariyati bosh murabbiylikka Asror Aliqulovni qaytarishni maqul ko'rdi. O'tgan yili PRO-Ligada “Mashal”ni mustaqil boshqarib, Superligaga olib chiqqan Asror CHorievich endilikda G'uzor jamoasini ham kuchlilar safiga qaytarish uchun astoydil ishlaydi.
Aytish kerakki, “SHo'rtan” jamoasi Aliqulov uchun begona emas. Boisi 42 yoshli murabbiy ilgari ushbu jamoada ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ishlagan. Olingan malumotlarga ko'ra, jamoani 2019 yil bo'yicha futbolchilar va ishchi xodimlardan qarzdorligi mavjud. Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlashi hozircha aniq emas.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar