"SHo'rtan"da yangi nomlarni ko'ramizmi? Asror Aliqulov javob berdi
27 iyu 2021 21:08
Yangiliklar
"SHo'rtan"da yangi nomlarni ko'ramizmi? Asror Aliqulov javob berdi
"Birinchi bo'limda yigitlar yo'ldan kelib darhol maydonga tushgani uchun koncenratciyani yo'qotishdi. Ularga xushyorlikni yo'qotmaslikni, "Olimpik" darvozamiz oldida ko'proq hujum qilishi mumkinligini aytgandik. Birinchi golda darvozabonimiz to'pni ushlashda xatoga yo'l qo'ydi. Himoyachilarimiz maydongga ko'nikkuncha hisob yiriklashib ketdi. "Olimpik" to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Texnik jihatdan tezkor futbolchilarga ega. Futbolchilarga hujum qilish va oldinga chiqish kerakligini takidladik. Lekin ularda mahorat va kuch etmadi. Hujumlarimizni golgacha olib borishga qiynaldik",- deydi Asror Aliqulov.
- Pro licenziyasiga o'qiyotganingiz bois ayni paytda Toshkentda bo'lib turibsiz. Jamoani o'yinga kim tayyorladi?
- Jamoani ushbu bahsga yordamchi murabbiylar tayyorlashgandi. Ular bilan har kuni muloqotda bo'lib turdim. Afsuski o'yindan bir kun oldin etib kelish rejasini amalga oshira olmadik. Bu maydonda mashg'ulot o'tkazish ham rejamizda bor edi. Maysaga suv sepilgach to'p tezroq harakat qiladi. G'uzordagi maydon unday emas.
- Klubda FIFA taqiqi borligi sabab tarkibni shakllantirishda muammolar bo'lgani aniq. Birinchi davra yakuniga qadar oz muddat qoldi. Jamoada yangi nomlarni ko'ramizmi?
- Futbolchi etishmasligi bois U-18 jamoasidan futbolchi olishga majbur bo'ldik. Transferlar oynasi ochilgach tarkibni kuchaytiramiz. Ko'rib turganingizdek yigitlarning darajasi Pro liga uchun kamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar