"SHo'rtan"da mukofot pullari bo'ladimi? Asror Aliqulov ishtirokidagi matbuot anjumani
05 avg 2021 22:50
Yangiliklar
"SHo'rtan"da mukofot pullari bo'ladimi? Asror Aliqulov ishtirokidagi matbuot anjumani
"Qisqa vaqt ichida jamoani tuzishga harakat qildik. Jismoniy tayyorgarligimiz og'riqli nuqtamiz. Tatil ko'pga cho'zilib ketdi. To'pni kamroq yo'qotishni, buning natijasida ko'p kuch ketishini takidlagandik. Futbolchilar shoshma-shosharlik natijasida ko'p to'p yo'qotishdi. SHogirdlrarim o'z imkoniyatlaridan baland harakat qilishdi. Ular yomon o'yin ko'rsatdi, deya olmayman. Tarkibni jamoasiz yoki o'z jamoasida o'rnini topa olmayotgan ijrochilar bilan to'ldirdik. Biz istagan futbolchilarning klubi bilan shartnomasi bor. "Nasaf"dan ikki nafar futbolchi oldik. Yozgi transferlar oynasida 15 nafar yangi o'yinchilar bilan shartnoma tuzdik. Ularning ko'pchiligi bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi",- deydi Asror Aliqulov.
- 15 nafar yangi futbolchi olinganini aytdingiz. SHunday ekan ikkinchi davrada "SHo'rtan"da nima o'zgarishi mumkin? Jamoa Pro ligada qoladimi?
- Pro ligada qolishimiz masalasiga to'xtalishga erta. CHunki "Oq-tepa" chiqib ketdi. Hozirda yaxshi jamoa tuzishga etibor qaratmoqdamiz. Futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqdamiz.
- Nima deb o'ylaysiz, Pro ligada murabbiy futbolchini istagandek o'ynatishi, unga istagan yuklamalarini berishi, jamoa hech qanday kamchiliklarga duch kelmasligi uchun Pro liga klubi o'rtacha qancha smetaga ega bo'lishi kerak?
- Smeta tuzilayotganda klublar oldiga qo'ygan maqsadiga qaraladi. Oldingizga qo'yilgan maqsadga qarab futbolchi taklif qilasiz. Yaxshi futbolchi katta maosh so'raydi. Biz katta nomlar olmaymiz. Futbolchi tarbiyalaymiz, vaziyatga qarab Superliga klublariga beramiz. Hozirgi imkoniyatimizdan kelib chiqib tarkib tuzmoqdamiz.
- Jamoani tark etgan futbolchilar Superliga klublariga yo'l oldimi?
- Yo'q. U-18 jamoasiga ayrimlarini qaytardik. Boshqa futbolchilar bilan shartnomalarni bekor qildik.
- Malum bo'lishicha "SHo'rtan"da g'alabalar uchun mukofot pullari yo'q. Futbolchi bunday sharoitda nima uchun o'ynaydi yoki natija uchun kurashaveradimi?
- Mukofot pullari bo'lishi kerak. Futbolchi maydonga chiqqanidan so'ng mehnatiga pul oladi. Lekin biz shunday vaziyatdamiz, mukofot pullari yo'q. Agarda yaxshi jamoa tuza olsak, homiylar qo'llab-quvvatlab tursa klubimizda ham mukofot pullari bo'ladi.
- Klub viloyat hokimligiga o'tadimi?
- Hozir o'rtada turibmiz. Bu vaziyat qorong'u. Futbolchi taklif qilishda moliyaviy tomonlariga ham etibor berdik.
Fikrlar