So’nggi yangiliklar

13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  0 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  2 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  1 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  21 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  2 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  3 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  4 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2

“SHo'rtan” jamoasi 20 yoshda yoxud bu yilgi bayram yanada o'zgacha mano kasb etadi Yangiliklar

“SHo'rtan” jamoasi 20 yoshda yoxud bu yilgi bayram yanada o'zgacha mano kasb etadi

Bugun “SHo'rtan” Professional futbol klubining rasman yuridik maqom – statusga ega bo'lgan kun sifatida tarixga kirganligiga roppa – rossa 20 yil to'ladi.
1994 yilning aynan mana shu sanasida G'uzor klubi tuman hokimiyati adliya boshqarmasida ro'yxatdan o'tdi va o'zining professional faoliyatini boshladi.

Har qanday sharoitda bo'lsa-da, oradan o'tgan 19 yil “SHo'rtan” futbol klubi tomonidan baholi qudrat bayram sifatida nishonlab kelindi. Hech bir yil, hech qaysi bir sana chetda, yani etibordan tashqarida qolmadi. Misol uchun, o'sha yaqin va olis 1994 yilgi jarayon tuman hokimligi, jamoa homiylari, rahbariyati, mutasaddilari, xodimlari, murabbiy-yu futbolchilari va eng birinchi galda G'uzor ahli, shuningdek fidoyi muxlislari uchun unutilmas tarixiy voqeaga aylangan bo'lsa, 10 yillik yubiley (2004 yil) “SHo'rtan” jamoasi faoliyatida yangi sahifa ochdi. Oliy liga sari tashlangan qadam chin manoda, zalvorli va shukuhli bo'ldi (bu haqda quyida to'xtalamiz). Mana nihoyat, bu yilgi 20 yillik yubiley ham klub hayotida o'chmas iz qoldirishi shubhasiz. Bazi bir sabablar bilan birozgina mamlakat futbolining elitasidan uzoqlashgan “SHo'rtan” yana o'z o'rniga qaytdi. O'z mavqei va obro'sini tiklab oldi. Endi jamoaning oldida yillar davomida yig'ilgan obro'-etibor, hurmat yoki bir so'z bilan aytganda G'uzor futbolining darajasini mustahkam saqlash bilan birga yanada yuksakroq cho'qqilar sari parvoz qilish vazifasi turibdi. Demak, faqat olg'a yur, deymiz senga “SHO'RTAN”!

Tarixiy manbalarga suyangan holda esa shuni aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida millionlar sevgan futbol XX asrning o'rtalaridan etiboran, xalq sevgan ommaviy sport turi sifatida o'ynala boshlangan edi. Rasman olib qaraganda esa futbol G'uzorda ilk bor XX asrning 70-yillarida to'la shakllandi. Aynan 1970 yilga kelib, tuman markazida joylashgan “G'afur G'ulom” nomli maktab qoshida sport-internat ish boshladi. Bu esa G'uzorda har yili bir necha o'nlab yosh istedod sohiblarining kashf bo'lishiga zamin yaratdi. Futbol maskanida kamol topa boshlagan istedodli bolalar turli futbol musobaqalarida toblanishar edi. Vaqti kelib, shu yoshlardan “birinchi qaldirg'ochlar” voyaga etishdi. Bunga mos ravishda mahalliy aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqib, 1975 yilda tuman markazida hozirgi Markaziy stadion hashar yo'li bilan qurib bitkazildi. O'z stadioniga ega bo'lgan g'uzorlik charm to'p ustalari “Oq oltin” nomi bilan katta futboldagi ilk faoliyatini boshlashdi. G'uzor futbolining tamal toshini qo'ygan, ko'plab yoshlarga ustozlik qilgan marhum Eshmurod bobo CHorshanbiev barcha ishlarda bosh-qosh bo'ldi. “Oq oltin” futbolchilari 1986 yildan boshlab, bir necha mavsum sobiq Ittifoq chempionatining Respublika miqyosidagi musobaqalarida to'p surishdi.

Yillar o'tishi bilan Eshmurod boboning yordamchilari ham, futbolga oshno tutingan yosh istedodlar ham tumanda ko'payib bordi. Natijada bir emas ikki-uchta jamoaga etadigan darajadagi futbolchilar kamol topishdi. Mustaqillik yillarida yanada kengaygan imkoniyatlar endilikda, G'uzorda nafaqat viloyat miqyosidagi musobaqalarga, balki oliy va birinchi liga o'yinlariga bo'lgan qiziqishni ham kuchaytirib yubordi. Tuman futbolining asoschisi Eshmurod bobo katta jamoani ikkiga bo'lish rejasini ilgari surdi. “Oq oltin” ikkiga bo'lindi. Jamoaning biriga “SHo'rtan”, ikkinchisiga “Yoshlik”, deya nom berildi. Eshmurod CHorshanbievning o'zi yoshlar bilan ishlash, ularni ham akalari safiga qo'shish maqsadida “Yoshlik”da qoldi. “SHo'rtan”ga esa Bahodir Ahmedov ustozlik qiladigan bo'ldi. SHundan so'ng, ikkala jamoa o'rtasida sog'lom raqobat yuzaga keldi.

Bu orada G'uzor futboli jonkuyarlarining say-harakatlari hamda elib yugurishlari bilan 1994 yilning 5 noyabr sanasida “SHo'rtan” Professional futbol klubi rasman yuridik maqom – statusga ega bo'ldi. Ana o'sha oradan o'tgan qisqa, lekin sharafli yillar davomida G'uzor jamoasi bosqichma-bosqich rivojlanish pillapoyalaridan yuksaklik sari ko'tarilib bordi. Avval viloyat chempionatida, keyin O'zbekiston Respublikasi birinchiligida muvaffaqiyat qozongan “SHo'rtan” PFK 2005 yildan esa o'zining mamlakat oliy ligasidagi yurishini boshladi. 2010 yilgi mavsumda oliy liga bahslarida faxrli to'rtinchi o'rin va O'zbekiston Kubogi o'yinlarida finalga qadar etib borgan g'uzorliklar jamoasi navbatdagi yildan etiboran ilk bor Osiyo futbol Konfederaciyasi Kubogi turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Bu bir tuman miqyosidagi jamoa va uning ashaddiy hamda fidoiy muxlislari uchun chin manodagi haqiqiy bayram, shuningdek tarixiy voqeilik edi. SHu o'rinda yana bir gap: “SHo'rtan”ning Professional klub darajasida shakllanib borishida munosib hissalarini qo'shgan fidoiy muxlislar G'uzor tumani, uning hududiy tarixiga asoslangan holda o'z sevimli jamoalariga jahon futbolida keng qo'llanish anaanasiga hamohang ravishda munosib, chiroyli, mazmun va mohiyatga ega atama, yani laqab qo'yishda jonbozlik ko'rsatishdi. Xayrullo Pirnazarov rahbarligidagi muxlislar klubi “SHo'rtan”ga donolik, aql va shijoat, hujumkorlik, kuch, iroda, botirlik, mardlik ramzilarini anglatuvchi “OQ BO'RILAR” atamasini taqdim etishdi.

Bugun kunda – yani o'zining tashkil topganligiga 20 yil to'lganligini nishonlayotgan “SHo'rtan” Professional futbol klubi, uning rahbariyati, G'uzor tuman hokimligi, homiylari, murabbiylar guruhi, barcha xodimlari, futbolchilari, G'uzordagi markaziy stadion mamuriyati va barcha muxlislariga eng yaxshi tilaklar, klubning bundan keyingi faoliyatiga, futbol olamida yanada yuksak cho'qqilarni zabt etishda omadlar, muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика