"SHo'rtan" yig'iniga "Bunyodkor", AGMK, "Navbahor" hamda "Buxoro"dan futbolchilar borib qo'shildi
27 jan 2022 18:50
Yangiliklar
"SHo'rtan" yig'iniga "Bunyodkor", AGMK, "Navbahor" hamda "Buxoro"dan futbolchilar borib qo'shildi
Mazkur o'yindan keyin futbolchilarga bir necha kunlik xordiq berilgandi. Endilikda “oq bo'rilar” mashg'ulotlarni 24 yanvardan G'uzordagi o'z qarorgohida davom ettirishmoqda.
Yangi mavsum uchun tayyorgarlik ayni qizg'in pallasida. Erkin agent maqomidagi futbolchilar iqtidorlarini namoyon qilgan holda futbol klublari orqali saralanib olinmoqda.
Ananaga sodiq qolgan holda “SHo'rtan” futbol klubi ham tayyorgarlik jarayonini boshlaganidan buyon asosiy etiborni malakali futbolchilarni saralab olishga va ularning jismoniy holatiga qaratgan.
Murabbiylar shtabi selekciya ishlarini davom ettirib, tarkibni shakllantirishga harakat qilishmoqda.
"SHo'rtan" safiga yana bir qator o'yinchilar kelib qo'shildi. Bular: Davron Isoqov - hujumchi (“Buxoro”), Nodirbek Abduholiqov - qanot himoyachisi (AGMK), Farhod Imomov - himoyachi (AGMK), Abduvohid SHaripov - himoyachi (“Navbahor”) va Akobir Qayumov - darvozabon (“Bunyodkor”).
Reja bo'yicha, 29 yanvar kuni G'uzorning BO'SM maydonida navbatdagi sinov nazorat uchrashuvi doirasida vakillarimiz Samarqandning “Dinamo” futbolchilari bilan bahs olib borishadi.
Fikrlar