"SHo'rtan" Toshkentdan CHorvoq tomonlarga yo'l oldi
29 iyu 2014 16:17
Yangiliklar
"SHo'rtan" Toshkentdan CHorvoq tomonlarga yo'l oldi
Jamoa azolari Toshkentdagi O'zbekiston mehmonxonasida jam bo'lishdi. Dastlabki mashg'ulot "NBU-Osiyo" jamoasining uy stadionida o'kazildi. Ertasiga - 23 iyul kuni “Oq bo'rilar” jamoasining barcha azolari O'zbekiston futbol federaciyasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan “Futbol-med” tibbiy birlashmasida shifokorlar nazoratidan o'tishdi. Qisqa muddatli mashg'ulotlardan keyin, kecha tushdan so'ng, jamoa CHorvoq oromgohiga yo'l oldi. Tog'li hududda murabbiylar guruhi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha ish olib borishadi. Rejaga ko'ra g'uzorliklar CHorvoqda 6 kun davomida shug'ullanishadi va so'ngra yana Toshkentga qaytishadi. Bu orada "SHo'rtan" jamoasining sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etishi ham ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, 27 iyul kuni "Neftchi" va 30 iyul kuni "Navbahor" jamoalari bilan kuch sinashiladi.
Hozircha, tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bergani yo'q. Birgina Muqim Toshmatov jamoa lagerini tark etdi. Birinchi bosqichda asosan zaxirada o'tirgan futbolchi ayni damda Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda.
Fikrlar