So’nggi yangiliklar

23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  0 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  9 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  6 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2

"SHo'rtan" Toshkent grandlarini mag'lub etgan Ixtiyor Karimovni istefoga chiqardi Yangiliklar

"SHo'rtan" Toshkent grandlarini mag'lub etgan Ixtiyor Karimovni istefoga chiqardi

Kuni kecha, “SHo'rtan” futbol klubining murabbiylar shtabida navbatdagi o'zgarish yuz berdi.

"SHo'rtan"ning birinchi davra ko'rsatkichlarini qoniqarsiz deb topgan klubning yangi rahbariyati  15-tur doirasida bo'lib o'tgan “Qizilqum” - “SHo'rtan” uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng, jamoa bosh murabbiy vazifasini vaqticha bajarib kelgan, klub texnik direktori – Ixtiyor Tog'aevich Karimovni, murabbiylar – Komil Jo'raev hamda Botir Qodirqulovlarni egallab turgan vazifalaridan ozod etdi.

“SHo'rtan” jamoasiga yangi murabbiylarni jalb qilish masalasi tez kunlarda ko'rib chiqiladi.

Hozircha, “oq bo'rilar”ga birinchi davra yakuni munosabati bilan malum muddatga qisqa tanaffus elon qilindi.

"SHo'rtan" jamoasining asosiy tarkibida ham yangiliklar bo'lishi rejalashtirilmoqda.

“SHo'rtan” jamoasi bilan bog'liq barcha o'zgarishlar tafsiloti haqida saytimiz orqali xabar berib turamiz.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "SHo'rtan" klubi rahbariyati mavsum avvalida Aleksandr Volkovni ham istefoga chiqarishgandi.

Ixtiyor Karimov birinchi davrada Toshkent jamoalari - "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Obod"ni taslim etishga erishgandi.

Bu istefo "SHo'rtan" uchun joriy mavsumdagi ikkinchisi bo'ldi.

Hozircha klubda hech qanday kengash majlisi bo'lib o'tgani yo'q. Katta ehtimol bilan bugun kechda klub rahbariyati yangi bosh murabbiy va boshqa bir qator masalalar bo'yicha majlis o'tkazishi kutilmoqda.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика