So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

“SHo'rtan“: Tayyorgarlik G'uzorda davom ettiriladi Yangiliklar

“SHo'rtan“: Tayyorgarlik G'uzorda davom ettiriladi

Teglar :  SHo'rtan
“Oq bo'rilar” jamoasining yozgi tayyorgarlik bosqidan o'rin olgan dastlabki yig'ini 11-18 iyul kunlari Toshkent viloyatining tog'li hududida tashkillashtirildi.

G'uzorliklar 19 iyul sanasida poytaxtda - Milliy    Olimpiya qo'mitasi qoshida faoliyat olib borayotgan “Tibbiyot markazida” ikkinchi davra o'yinlari uchun tibbiy ko'rikdan o'tishdi. SHo'ndan so'ng, jamoa azolari ikki kunlik muddatda qisqagina dam olishdi.

21 iyuldan esa mashg'ulotlar “SHo'rtan”ning G'uzordagi qarorgohida davom ettirilmoqda.

Dastlabki yig'in to'g'risida qisqacha nimalar deyish mumkin: tog'dagi mashg'ulotlar jarayonida murabbiylar guruhi futbolchilar bilan asosan jismoniy tomondan ish olib borishdi. Bu orada esa 16 va 18 iyul kunlari “Olmaliq” (2:1) hamda “Paxtakor” (3:1) jamoalari bilan sinov nazorat bahslari o'tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida asosiy tarkib o'yinchilari qatorida murabbiylar maydonga ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan bir necha nafar futbolchilarni ham tushirishdi. Yarim himoyachi Farruh Haydarov (“Nurafshon” Buxoro), hujumchi Sevdiyor Hamroqulov (“Cementchi” Navoiy, 2-liga) va himoyachi Vusol Mageramov (“Metallurg” Bekobod) hatti-harakatlari murabbiylar guruhiga maqul keldi. SHu sabab, ushbu futbolchilar “SHo'rtan” mashg'ulotlarida o'z ishtiroklarini  davom ettirishmoqda.

Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib turgan Ixtiyor Tog'aevich Karimov shogirdlari ikkinchi davra o'yinlari boshlangunga qadar G'uzorda bo'lishadi.  
25 iyul sanasida esa birinchi liga musobaqalarida karvonboshilik qilayotgan “Dinamo” jamoasi bilan sinov nazorat uchrashuvi belgilangan. Uchrashuv Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati
   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика