So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

“SHo'rtan” stadioni projektorlari yorug'ligi 1300 lyuksga yaqinlashdi Yangiliklar

“SHo'rtan” stadioni projektorlari yorug'ligi 1300 lyuksga yaqinlashdi

Teglar :  SHo'rtanPro liga
Pro liganing yana bir stadioni shom vaqtidan keyin ham o'yinlarni qabul qilishga tayyor bo'ldi.

Bungacha “Turon” va“Buxoro” klublari projektorlar bo'yicha talabni to'liq bajargan bo'lsa, endilikda G'uzorning “SHo'rtan” klubi bosqichma-bosqich shu yo'lda ishlayapti.

O'zPFL komissiyasi 2021 yilning 4 mart kuni G'uzordagi stadion projektorlari lyuksini tekshiruvdan o'tkazgan bo'lib, o'sha vaqtda yoritish 400 lyuksni tashkil qilayotganini bayonlashtirgandi. SHundan kelib chiqib, 2022 yilgi mavsum uchun smeta tasdiqlanayotgan vaqtda “SHo'rtan” futbol klubiga stadion projektorini yaxshilash bo'yicha talab qo'yildi.

O'tgan vaqt davomida klub rahbariyati mazkur talab ustida ishladi. Kecha — 9 iyun kuni O'zPFL komissiyasi projektorlar lyukslari bo'yicha navbatdagi o'rganishni amalga oshirdi. Malum bo'ldiki, endilikda stadion yoritish tizimi 1274 lyuksni tashkil etmoqda. Mazkur raqam yanada o'sishi va yorug'likning yoyilishi optimallashishi uchun projektorlarning nur etkazib beruvchi machtalari qayta sozlanishi kerak bo'ladi. SHundan keyin O'zPFL navbatdagi o'rganishni amalga oshiradi.

Hozirgi holatda “SHo'rtan” stadionidagi yoritish tizimi Coca-Cola Superliganing Olmaliq yoki Bekoboddagi stadionlaridan yaxshiroq bo'lib turibdi (ayni vaqtda mazkur ikki shahar stadionlarida ham yoritishni 2000 lyuksga qadar ko'tarish ustida ish ketyapti). O'z navbatida “SHo'rtan” ham Superligaga qaytgunicha 2000 lyuks chegarasiga qadar chiqish rejalarini ishlab chiqishi kerak bo'ladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика