So’nggi yangiliklar

16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  2 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  7 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  4 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22

"SHo'rtan": Sergey Kovshovni tabriklaymiz Yangiliklar

"SHo'rtan": Sergey Kovshovni tabriklaymiz

Bugun o'zbek futboli rivojiga o'zining katta va salmoqli hissasini qo'shgan va ayni paytda ham shu sohada hormay-tolmay fidoyilik bilan mehnat qilib kelayotgan Sergey Kovshov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Joriy yilgi mavsumdan etiboran G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga ustozlik qilayotgan tajribali mutaxassis bugun 59 yoshni qarshi olmoqda. Sergey Gennadevich o'z davrida futbolchi sifatida mamlakatimizning nomdor jamoasi “Paxtakor” (Toshkent), “Traktor” (Toshkent), “Zvezda” (Jizzax), “Navbahor” (Namangan), “So'g'diyona” (Jizzax), “Nurafshon” (Buxoro) kabi klublarida to'p surdi. 

Murabbiy sifatida “Xorazm” (Urganch), “Qibray” (Toshkent viloyati), “Paxtakor” (Toshkent), “Lokomotiv” (Toshkent), “Navbahor” (Namangan), “Dinamo” (Samarqand), “Neftchi” (Farg'ona), “Andijon” (Andijon), “Qo'qon-1912” (Qo'qon), “Surxon” (Termiz) va “SHo'rtan” (G'uzor) kabi jamoalarda faoliyat olib bordi. Eslatib o'tish joiz, Sergey Kovshov bundan avval 2007 yilgi mavsumda ham G'uzorda ishlagan edi. Demoqchimizki, uning uchun “SHo'rtan” jamoasi begona emas. 

Fursatdan foydalanib, “SHo'rtan” Professional futbol klubi rahbariyati, ishchi-xodimlari, murabbiylari, futbolchilari va ko'p ming sonli muxlislari nomidan Sergey Gennadevich Kovshovni bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy qutlaymiz. “Oq bo'rilar” jamoasining bosh murabbiyiga avvalo sog'lik-salomatlik, oilaviy tinchlik va xotirjamlik hamda G'uzor jamoasini yana Superligaga olib chiqish yo'lidagi harakatlariga omad tilaymiz!

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati bo'limi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика