So’nggi yangiliklar

11:16Италия терма жамоаси ҳимоячиси Исроилга қарши ўйинда қатнашмайди  0 10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  4 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  4 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  4 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  5 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1 07:25Про лига. Бугун 19-турга старт берилади  1 06:10Миллатлар лигаси. Швейцария - Испания, Испанлар 10 киши бўлиб 9 та зарба беришди ва 4 та гол уришди  1 06:00Миллатлар лигаси. Португалия - Шотландия, Роналду захирадан тушиб баҳс тақдирини ҳал қилди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  5 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  2 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  1 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  2

"SHo'rtan" safarda "Neftchi" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"SHo'rtan" safarda "Neftchi" bilan durang o'ynadi

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "SHo'rtan" uchrashuvining bo'lib o'tdi.
Uchrashuv soat 15:00da Qirgulidagi stadionda boshlandi.

O'yinning birinchi bo'limi keskin kurashlarga boy bo'ldi. Stadionga taxminan 7 ming muxlis tashrif buyurgan. Biroz ustunlik mezbonlar tomonida bo'ldi. "Neftchi" safida Ro'zimboy Ahmedov, Mansur Saidov va Akmal Holmatovda qulay imkoniyatlar bo'ldi. G'uzorliklardan Igor Taran, Viktor Karpenko hamda Eldor Boymatov vaziyatlarga ega bo'lishdi.

Biroq 45 daqiqa ichida hech bir jamoa gol ura olmadi.

Ikkinchi bo'lim shu sahifa orqali matnli translyaciya qilinadi.


47-daqiqada hisob ochildi. Darko Stanoevich mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi - 0:1. Stanoevich chamasi 20 metrlardan belgilangan jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Uning kuchli zarbasini "Neftchi" posboni qaytara olmadi.

52-daqiqa. "Neftchi"ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi. Mansur Saidovni burchakdan etkazib bergan to'pini "SHo'rtan" himoyachilari bartaraf etdilar.

55-daqiqa. Matnli translyaciyani Yahyobek Boymatov amalga oshiryapti. Bevosita o'yinga kelsak, ikki jamoaning ham birinchi o'yini ekanligi ko'rinib turibdi. Ammo hayroman, "Neftchi" Turkiyada yaxshi mashg'ulot o'tkazdi deyishgandi. O'yinda buni ko'rmayapmiz. To'p asosan maydon markazida.

56-daqiqa. Xavfli vaziyat.... Afsuski SHerzod Hakimovni qanot hakami o'yindan tashqari holatda deb topdi. Aks holda hisob tenglashishi mumkin edi. Stadionga yig'ilgan muxlislar bir o'rnilaridan turib o'tirdilar. To'pni unga Mansur Saidov oshirgan edi.

58 - daqiqa. Murod Bobojonov o'yinga tushishga hozirlik ko'ryapti. Ko'ramiz u kimning o'rniga maydonga tushadi.

59 - daqiqa. Polvonov va Karpenko "SHo'rtan" tarkibida ajralib turishibdi. Farg'onaliklar safidan esa aksincha, Hakimov to'pni ko'p yo'qotib qo'ymoqda. Hujumchilarga to'p o'z vaqtida etib kelmayapti.

60 - daqiqa. Kutilgan o'zgarish. SHerzod Hakimov o'rniga Otabek Haydarov maydonga tushdi. Bu o'yindagi dastlabki o'zgarish.

62 - daqiqa... Voxxxxx.... Sal qoldi, azizlar, aks holda Farg'onada muxlislar hayqirig'idan "Neftchi"ga qiyin bo'lardi. Zafar Polvonovga qanotdan havolatib etkazib berilgan to'pni deyarli ochiq qolgan darvozaga ura olmadi. "Neftchi"ga juda ham qiyin bo'lishi mumkin edi. Pasni esa tajribali Karpenko bergandi.

65-daqiqa. O'yin tempi ancha tushgan. "Neftchi"ning baxtiga Jahongir Mehmonov yaxshi harakat qilyapti. Muxtor Qurbonovni ishi jamoada ko'rinyapti. Yutayotgan bo'lsada, jamoa himoyaga yotib olmagan.

67 - daqiqa. Xavfli vaziyat sodir etilishi mumkin edi. "SHo'rtan" jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi belgilandi. Biroq Akmal Xolmatovning bergan zarbasi ancha noaniq chiqdi. Ushbu vaziyatdan sal avval Sadiovga nisbatan qo'pollik ishlatilgan edi.

70-daqiqa. Bada-bang..... Marselo "SHo'rtan" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Ha aynan Marselo uslubida Dilyorbek Ermatov hozir o'z chizig'idan turib "SHo'rtan" tomon reyd qildi. Dilyorning to'p uzatishidan keyin Ro'zim Ahmedov boshi bilan zarba berdi, afsussssss-kiiiii to'p darvoza to'siniga tegdi-yu, maydonni tark etdi.

71-daqiqa. O'yindagi ikkinchi o'zgarish. "SHo'rtan"da 9-raqamdagi Taran o'rniga, 10-raqamda Klishin tushdi.

73-daqiqa. Murod Ismoilov esa Nurboev o'rniga Bobojonovni "jang"ga tashladi.

75 - daqiqa. O'yindan shu narsa malum bo'lyaptiki, "Neftchi" o'z o'yinini Xolmatov orqali qurishni reja qilga. Ammo "SHo'rtan" Xolmatovga o'yin bermayapti, bu esa "Neftchi"ni o'yini chiqmayotganligidan dalolat.

78-daqiqa. Murod Ismoilovning o'zgarishi ish berdi. Va nihoyat Xolmatov o'zining zargarona pasi bilan Bobodonovni jarima maydonchasi ichida to'p bilan taminladi. Bobojonov esa Temur Jo'raevni qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi.

79-daqiqa. "Neftchi" mana endi to'liq kuch bilan hujumga o'tyapti. Muxlislar esa hayqirib, jamoani oldinga undayaptilar. Endi muxlislar joyiga o'tirmasa kerak.

80-daqiqa. Mana yana bitta xavfli vaziyat. Mansur Saidov havolatib juda yaxshi pas ko'tardi. Bobojonov bu vaziyatda biroz adashdi.

81-daqiqa. Sizlarga aytsam, Karpenkoni qariya demang aslo! U hamon navqiron yoshlardek, kerak bo'lsa ulardan ham yaxshi harakat qilyapti. Afsuski "SHo'rtan" himoyadan chiqyapti-yu, ammo jamoa biroz toliqqan ko'rinadi.

82- daqiqa. SHodmonov o'rniga Murod Rajabov maydonga tushdi.

89-daqiqa. Ana xolos, penalti bo'lishi mumkin edi. "Neftchi" muxlislarining baxtiga hakam boshqacha qaror qildi. Mehmonov o'z jarima maydonchasi ichida Kamolovni yiqitdi.

90 - daqiqa. Kamolov o'rniga Otaqulov maydonga tushdi. Yordamchi hakam esa uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berdi.

90+2 - daqiqa. Mansur Saidov yaxshi pas berdi, biroq o'yindan tashqari holatda qolgan.

90+4 - daqiqa. Jarima maydonchasi ichida kim xukmronligini Stanoevich Ahmedovga ko'rsatib qo'ydi. O'yin tugadi, "Neftchi" va "SHo'rtan" jamoasi oliy ligadagi dastlabki ochkolarini qo'lga kiritdilar.

90+4 - daqiqa. Stadion suhandonidan shedevr. "Neftchi" - "SHo'rtan" musobaqasi yakuniga etdi. Sizlar bilan, farg'onalik Yaxyobek Boymatov bo'ldi. "Neftchi"ning keyingi o'yinlarida uchrashguncha xayr!


NEFTCHI – SHO'RTAN 1:1
14 mart 2015. Qirguli. "Neftchi SK" stadioni. 15:00.
Hakamlar:
O.Tolibjonov, A.Snetkov, V.Lushin, A.Rahimov.
Nazoratchi: R.Serazetdinov.
Gollar: Darko Stanoevich 47, - 0:1. Murod Bobojonov 78, - 1:1 (Akmal Xolmatov)
"Neftchi": Evgeniy CHeremisin, Jahongir Mehmonov, SHukurali Po'latov, Aybek Nurboev (Murod Bobojonov, 73), Mansur Saidov, Akmal Xolmatov, SHerzod Hakimov (Otabek Haydarov, 60), Dilyorbek Ermatov, Ro'zimboy Ahmedov, Kamron Kapadze, Umid Qodirov
Zaxira: Sergey Smorodin, Doston Tursunov, Baxtiyor Yoqubov, Zokir Nurmatov, Jahongir Dadaboev.

"SHo'rtan": Timur Jo'raev, Rustam Azamov, Viktor Karpenko, Samandar SHodmonov (Murod Rajabov, 82), Igor Taran (Viktor Klishin, 71), Zafar Polvonov, Umar Eshmurodov, Mirzakamol Kamolov (Jamol Otaqulov, 90), Eldor Boymatov, Darko Stanoevich, G'ulomhaydar Gulyamov
Zaxira: Eldor Tojiboev, Asror Aliqulov, Elyor Intizomov, SHerzod SHaripov

Ogohlantirishlar: Rustam Azamov 50
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика