So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

“SHo'rtan” noqulay raqibning g'alabali seriyasiga barham bera oladimi? Yangiliklar

“SHo'rtan” noqulay raqibning g'alabali seriyasiga barham bera oladimi?

Teglar :  SHo'rtan
O'tgan haftada “Navbahor” - “SHo'rtan” o'rtasidagi uchrashuvda “oq bo'rilar” mag'lub bo'lishdi.

Ixtiyor Karimov shogirdlari safardagi kichik mag'lubiyatdan so'ng, jamoa o'z maydonida oliy liganing etakchilar qatoriga kirib borayotgan, mavsumni ajoyib tarzda boshlagan “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bo'lajak bahsda g'uzorliklar  2015 yilgi mavsumdan buyon bu raqib bilan oliy ligadagi o'zaro to'qnashuvlarida  “Qo'qon-1912” jamoasi ustidan biror marta g'alaba qozonmagan.  2016 yilgi mavsumda tur natijasida  0:2 , 2:4  hisoblari qayd etilgan.

7-turda  “Qo'qon-1912” “Metallurg” bilan o'ynadi. Ushbu o'ziga xos keskin kurashda  “Qo'qon-1912” yirik hisobda ustun keldi. Qo'qonliklarning har uchala goli Suhrob Berdiev nomiga yozildi. Ushbu g'alabadan keyin “Qo'qon-1912” ochkolari sonini 14taga etkazdi va jadvalda 2-o'rinni egallab turibdi.  Qo'qonliklar  mehmonda  ham g'alabali seriyani rasmiylashtirishga harakat qilishadi. “Oq bo'rilar” esa  o'z maydonida muxlislari ko'z o'ngida noqulay raqibga hujumkor futbolni tuhfa etishi aniq. “SHo'rtan” jadvaldagi holatni yaxshilashni istasa, G'uzorda kechadigan bahsda raqibdan ochko tortib olishi  shart bo'ladi.

Bu safar Ixtiyor Karimov boshchiligidagi “SHo'rtan” jamoasi  qo'qonliklarning o'zaro bahslardagi g'alabali seriyasiga barham bera oladimi. SHubhasiz, 28 aprel shanba oqshomida  ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuvda ajoyib futbol shousini guvohi bo'lamiz.

Fahriddin CHoriev.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика