“SHo'rtan” jamoasining barcha azolari koronavirusga test topshirishdi
04 avg 2020 21:30
Yangiliklar
“SHo'rtan” jamoasining barcha azolari koronavirusga test topshirishdi
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda pandemiya tufayli O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL) tomonidan futbol musobaqalariga malum muddat tanaffus elon qilindi.
PRO-Liga musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalar tayyorgarlikni davom ettirish bilan bir qatorda koronavirusga qarshi test namunalarini ham topshirishmoqda.
Jumladan, bugun 4 avgust sanasida “SHo'rtan” klubining qarorgohida “Oq bo'rilar” jamoasirahbariyati, xodimlari,murabbiylar guruhi va futbolchilari, shuningdek G'uzor “Markaziy” stadioni ishchi-xodimlari koronavirusga qarshi test namunalarini topshirishdi.
SHifokorlarning takidlashlaricha, test natijalari 2 yoki 3 kun muddatda aniq bo'ladi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar