“Sho'rtan” jamoasining barcha a'zolari koronavirusga test topshirishdi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2020
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda pandemiya tufayli O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL) tomonidan futbol musobaqalariga ma'lum muddat tanaffus e'lon qilindi.

PRO-Liga musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalar tayyorgarlikni davom ettirish bilan bir qatorda koronavirusga qarshi test namunalarini ham topshirishmoqda.

Jumladan, bugun 4 avgust sanasida “Sho'rtan” klubining qarorgohida “Oq bo'rilar” jamoasirahbariyati, xodimlari,murabbiylar guruhi va futbolchilari, shuningdek G'uzor “Markaziy” stadioni ishchi-xodimlari koronavirusga qarshi test namunalarini topshirishdi.

Shifokorlarning takidlashlaricha, test natijalari 2 yoki 3 kun muddatda aniq bo'ladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати