So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"SHo'rtan" darvozaboni: "Muammo - aksar o'yinchilarimizning yoshligi" Yangiliklar

"SHo'rtan" darvozaboni: "Muammo - aksar o'yinchilarimizning yoshligi"

Pro-liganing 7-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Akmal Rahimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Akmaljon, bugungi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Bugun kuchli raqibga qarshi harakatlandik. Zaxira o'rindig'imiz tor bo'lganligi tufayli jamoamiz futbolchilari bir necha o'yindan beri almashtirishlarsiz o'ynab kelmoqdalar. Maydon ham bizga ozroq noqulaylik tug'dirdi. 

- Birinchi gol uzoq masofadan yo'llangan zarba evaziga urildi. Bu siz uchun kutilmagan hol bo'ldimi?

- Yo'q, bu kutilmagan zarba edi. To'p futbolchilarning orasidan o'tib kelgani tufayli yo'nalishni aniq payqash qiyin bo'ldi.

- Zaxira o'rindig'i tor bo'lishi sizga va jamoadoshlaringizga qanday qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda?

- Qiyinchilik bor, lekin judayam yuqori darajada deb o'ylamayman. Bizdagi muammo jamoamizning aksariyat futbolchilarining yosh ekani. Ularga tajriba etishmayapti. Sekin-sekin o'yinlar davomida malaka to'plab boramiz.

- "SHo'rtan" muxlislariga nimalarni aytgan bo'lardingiz?

- Ularga bizni qo'llab-quvvatlab kelishayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Nasib bo'lsa, navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика