So’nggi yangiliklar

09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  2 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  12 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3

"SHo'rtan": Bosh murabbiy yo'qligi vaqtincha holat Yangiliklar

"SHo'rtan": Bosh murabbiy yo'qligi vaqtincha holat

Teglar :  SHo'rtan
SHu kunlarda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan ko'pgina OAVda futbol bo'yicha O'zbekiston CHempionati Oliy ligasida ishtirok etayotgan “SHo'rtan” PFK xususida bir qator turli fikr va mulohazalar bitilgan maqolalar chop etilmoqda.

Ulardagi asosiy mavzu klubimiz bilan yuzaga kelgan muammolar echimi va “Oq bo'rilar”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi, shuningdek keyingi faoliyatimiz qanday kechishi to'g'risida bormoqda. Biz ushbu maqolamiz orqali saytimiz o'quvchilari, “SHo'rtan”ning ko'p ming sonli muxlislari va Respublika miqyosida faoliyat ko'rsatadigan shu soha mutaxassislari, OAV vakillariga quyidagilarni malum qilmoqchimiz:

Avvalo, muammolar haqida gap ketganida, bugungi kunda bu holat nafaqat “SHo'rtan”, balki boshqa jamoalarda ham kuzatilayotganligini tan olishimiz kerak. Faqat uning darajasi har qaysi klubda turlicha ko'rinishda bo'ladi. Muammolar echimini ham har bir jamoa o'z bilganicha hal qiladi. SHu jumladan bizning “SHo'rtan” klubimiz ham bu borada o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib va birinchi navbatda ishonchli bosh homiymiz – “SHo'rtanneftgaz” MCHJ ko'magiga tayanib ish olib bormoqda. Aynan mana shu masala yuzasidan kuni kecha klubimizning yangi tayinlangan Bosh direktori Kamoliddin Ergashevich Rahimov ham yig'ilib qolgan savollarga saytimiz orqali to'la-to'kis, aniq va ravshan javob berdi.

SHuning uchun tashqaridan turib, nima bo'ladi?, qanday bo'ladi? kim yordam beradi? qabilidagi gap-so'zlarni ko'paytirish, o'quvchilar ommasining fikrini chalg'itish o'rinsiz va mantiqsiz holat deb bilamiz.

O'z o'rnida takidlab o'tishimiz kerak, ayni paytda jamoada ikkinchi davraga tayyorgarlik bo'yicha aniq reja asosida qizg'in ish olib borilmoqda. Malakali mutaxassislar – Vitaliy Legay hamda Gennadiy Kochnev qo'l ostida tajribali futbolchilar bilan bir qatorda mahalliy istedodlar, o'rinbosarlar tarkibida o'z o'yinlari bilan murabbiylar ishonchini qozonib kelayotgan umidli yoshlar ham mashg'ulotlar jarayonida faol ishtirok etishmoqda. 11 iyul sanasida esa O'zbekiston Professional Futbol Ligasi musobaqalarni o'tkazish Reglamantiga asosan “SHo'rtan” jamoasining murabbiylar guruhi va futbolchilari Toshkentdagi Respublika Sport tibbiyot ilmiy-amaliy markazida o'z sog'liklarini ko'rikdan o'tkazishadi.

Yana bir eng asosiy mavzu bu – bosh murabbiy masalasi. To'g'ri, hozircha jamoada ushbu o'rin bo'sh turibdi. Lekin bu vaqtincha holat. Hech kimga sir emas, o'zbek futbolida “SHo'rtan”ning o'z o'rni, mustahkam mavqei, obro'-etibori bor va bundan keyin ham shunday bo'ladi. SHuning uchun ham “Oq bo'rilar” jamoasini boshqarishni o'ziga munosib va sharaf deb biladigan mutaxassislar mamlakatimizda etarlicha topiladi. SHu kunlarda bir qator nomdor, malakali murabbiylar klub rahbariyatining etiborida turibdi. Nomzodlar bilan qizg'in muzokaralar olib borilmoqda. Tez orada kun tartibidagi ushbu muhim masala ham o'z echimini topadi. Voqealar rivojini kuzating va biz yangiliklarni saytimiz orqali yoritib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика