“SHo'rtan” 8 nafar futbolchini transferga qo'ydi
29 iyu 2017 15:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/261753_original.jpg)
![](/upload/storage/261753_220.jpg)
“SHo'rtan” 8 nafar futbolchini transferga qo'ydi
Joriy mavsumning birinchi yarmini qoniqarsiz yakunlagan “SHo'rtan” jamoasi, nafaqat murabbiylar shtabida balki futbolchilar tarkibida ham o'zgarishlar qilishni rejalashtirgani haqida saytimiz orqali avval ham xabar berib o'tgan edik.
Kuni kecha, klub rahbariyati, “oq bo'rilar” safini davralar oralig'idagi tannaffus davomida, tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Unga ko'ra, Saidkamol Akbarov, Aziz G'ulomxo'jaev, Zafar Polvonov, Siroj Xamraev, Qadamboy Nurmetov, Akmal Xolmatov, Botir Qoraev, Sardor Sobirxo'jaev kabi futbolchilarimiz transferga qo'yiladigan bo'ldi.
Bundan tashqari, tanaffusdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davomida “SHo'rtan”ga kelib qo'shiladigan yangi futbolchilar haqida ham saytimiz orqali keyingi xabarlarimizda malumot berib o'tamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar