So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

"SHo'rtan" 10 kun ichida 13 000 dollar to'lamasa birinchi ligaga tushib ketadi! Yangiliklar

"SHo'rtan" 10 kun ichida 13 000 dollar to'lamasa birinchi ligaga tushib ketadi!

G'uzorning "SHo'rtan" klubi sobiq legioner futbolchisi Urosh Miloslavlevich FIFAga murojaat qilgani haqida xabar bergandik.

Kuni kecha FIFA 11 mayga qadar klub ushbu futbolchi oldidagi qarzlarini to'liq to'lab bermasa 2018 yil birinchi ligaga tushirib yuborlishi borasida PFLga xat yuborgan. Bu haqda alohida xabar bergandik.

Breaking news. FIFA O'FFga "SHo'rtan"ni 2018 yil birinchi ligaga tushirib yuborish talabini qo'ydi

O'tgan yil sentyabr oyida ushbu qarzdorlik tufayli PFL "SHo'rtan" klubidan 3 ochko olib tashlagandi. SHundan so'ng, klub bosh direktori SHodi Nomozov legionerga barcha qarzlar to'langani haqida intervyu bergandi.


SHodi Nomozov: "Urosh Miloslavlevichga qarzodorlik to'lanadi"

Biroq oradan malum vaqt o'tgach bu masala yana kun tartibidan o'rin oldi. Bu safargi jazo oldingisidan jiddiyroq bo'ladi. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri "SHo'rtan" bosh murabbiyi Ixtiyor Karimovga murojaat qildi:

- FIFAning chiqargan qarori bizni karaxt ahvolga solib qo'ydi. Ular bizdan 10 kun ichida qarzdorlikni to'lashimizni talab qilishmoqda. Qanday qilib bo'lmasin qarzlarni to'lab jamoani oliy ligaga olib qolmoqchimiz. FIFA 2013 yil futbolchi oldidagi qarzdorligini to'lab berish haqida qaror chiqargan. Klub esa o'tgan yil pullarni to'ladi. Yillar davomida qarz vaqtida to'lanmagani uchun ustama pullar foiz hisobida "tug'ilavergan". 2016 yil Miloslavlevichga 46000 dollar qarz to'lab berilgan. Foiz tufayli yana 13000 dollar qarz paydo bo'lgan. Futbolchining agenti bu pullarni to'lab berishimizni talab qilmoqda",  - deydi Ixtiyor Karimov. 


Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика