So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

SHomurodovning omadi nimada? Yangiliklar

SHomurodovning omadi nimada?

SHunday qilib hamyurtimiz Eldor SHomurodov Rimning "Roma" klubi azosiga aylandi.

SHomurodovning "Roma"ga o'tishi bir paytlari Ilyos Zeytullaevning "Yuventus"ga qo'shilishidan tubdan farq qiladi. Zeytullaevni ko'pchilik "Yuventus"ga o'tganidan so'ng tanigan bo'lsa, SHomurodov ko'z o'ngimizda ulg'aydi. Zeytullaev oliy ligada o'ynamasdan xorijga yo'l olgandi, Eldor esa ikkinchi liga, birinchi liga, keyin oliy ligada ham to'p tepib qadam-baqadam yuqoriga ko'tarilib bordi. 

"Mashal"da ishlab yurgan kezlarim Eldor hali akademiyada tahsil olar va asosan Qashqadaryo viloyat birinchiligi musobaqalarida maydonga tushib turardi. Muborakka kelgach, dastlab Otajon Avezov qo'l ostida shug'ullanishni boshlagan SHomurodov keyinchalik Dilshod Andaev murabbiyligida futbol sir-asrorlarini o'rgana boshladi. 

Aytish mumkinki, Eldor SHomurodov uchun eng katta maktab bu "Mashal" akademiyasi bo'lgan. Negaki u Muborakda faqat to'p tepib qolmasdan, maktabga qatnadi, doim murabbiylar nazoratida bo'ldi va akademiya binosida istiqomat qilishi katta tasir o'tkazgan. SHomurodov bilan birga tahsil olgan futbolchilardan bir nechta yaxshi o'yinchilar etishib chiqqani ham shundan dalolat. 

SHomurodovning bolalar futbolidan so'ng birinchi omadi bu uning "Mashal"ga kelgani deb hisoblasak, ikkinchi omadi "Bunyodkor"ga o'tgani bo'ldi. Uning faoliyatiga Muborakda Aleksandr Xomyakov ham katta tasir ko'rsatgan. "Bunyodkor"da esa Sergey Lushan bilan ishlashi ikkinchi bor omadi chopgani bo'ldi. Sergey Lushan yoshlar bilan yaxshi ishlay oladigan murabbiy bo'lgani SHomurodovning yanada o'sishiga xizmat qildi. 

Uning "Rostov"ga - Valeriy Karpin qo'l ostiga yo'l olishi ham ayni muddao bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, Karpin ham yoshlar bilan ishlashni xush ko'radigan murabbiy ekan. Uch yil shu jamoada faoliyat olib borgan Eldor so'ngra ko'pchilik orzu qiladigan Italiya "A" seriyasiga yo'l oldi. Albatta, "Jenoa" kuchli klub emasdi, biroq u boshqa etakchilarga tramplin vazifasini o'tab berishi mumkin edi. Va yakunda shunday bo'ldi ham. 

Eldor "Jenoa"ga borganida birdaniga o'yinga qo'shilib keta olmadi. Keyinchalik jamoada bosh murabbiy o'zgarib, Davide Ballardinening kelishi yana Eldor foydasiga xizmat qildi. Bu murabbiy qo'l ostida hamyurtimiz o'zini ancha erkin his qila boshladi va ko'proq maydonga tushib, gollar ham urdi. 

Mana endi SHomurodov bu mavsumdan faoliyatini "Roma"da davom ettiradi, yana kimsan mashhur Joze Mourino qo'l ostida. Menimcha, Eldor yangi jamoasida zaxirada o'tirib qolmaydi va ko'p o'yinlarda maydonga tushib, gollar uradi. 

Eldor SHomurodovning eng asosiy omadi shundaki, u har doim to'g'ri jamoada, to'g'ri murabbiylar bilan ishlagani. Har bir futbolchining o'z murabbiyi bo'ladi deymiz. Bu tomondan Eldorga omad kulib boqmoqda deya olamiz. Va albatta, uning futbolchi oilasidan chiqqani ham ijobiy tasirga ega. Xususan otasi Azamat aka o'z vaqtida futbolchi bo'lgan, akasi Sanjar ham yaxshi futbol o'ynagan. Qolaversa, amakilari Otabek SHomurodov "Surxon"da, Ilhom SHomurodov "Mashal" va "Nasaf"da yorqin faoliyat olib borganini bilasiz. 

Qissadan hissa shuki, bizda iqtidorlar ko'p, faqat hamma gap ularni to'g'ri tarbiyalashda. Bu o'rinda futbolchilardan ham ko'p narsa talab qilinadi. Asosiy tarkibda bir-ikki tushib gol ursa havolanib ketmaslik, o'zini yulduz sanamaslik va doim murabbiy gaplariga amal qilish. CHunki hech bir murabbiy shogirdini yomon bo'lsin demaydi. 

SHu o'rinda yana bir shaxsiy fikrimni aytib ketsam. Xohlardimki, futbolchilarimiz iloji boricha saviyasi bizdan past chempionatlarga bormasin. Malayziya, Bangladesh, Vetnam, Tailand, Hindiston, Latviya, Litva, Belarus - bu chempionatlarni men O'zbekiston Superligasidan kuchli deb o'ylamayman. 

BAA chempionati kuchlimi? Bir narsa deyish qiyin, lekin arablarda pul ko'p, futbolchi futbolchi sifatida o'sadimi konkret gap aytish mushkul. Masalan, Saudiya Arabistoni chempionati boshqa gap. Ularda oliy liga haqiqatan kuchli. Qatarda ikkita zo'r klub bor: "Al Sadd" va "Al Duhayl". Iordaniya, Quvayt chempionatlari ham bizdan kuchli emas. 

SHu o'rinda Eldor SHomurodov hammadan zo'r bo'lgani uchun "Roma"ga o'tdi demagan bo'lardim. To'g'ri, u kuchli, biroq terma jamoamizda o'z poziciyasi bo'yicha undan kuchsiz bo'lmagan futbolchilar ham bor. Masalan, Otabek SHukurov, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov - bular mahorat bobida Eldordan kam emas. Faqat ular Osiyoni tanlamay, Evropaga oshiqqanida balki hozirgi paytga kelib yaxshi-yaxshi klublarda o'ynayotgan futbolchilarimiz ko'proq bo'lishi mumkin edi. 

SHunday ekan, futbolchilarimizdan pulga qiziqib kim ko'p bersa, darhol o'shaning oldiga yugurmay sal fikr-mulohaza qilishlarini so'rab qolgan bo'lardik. To'g'ri, hayot har kimning o'ziniki, hech kim borma, pul ishlama, shu erda qolib Evropadan taklif kut deb taqiq qo'ya olmaydi. Hozir Osiyoda bir qancha davlatlar futbolchilarga maosh berish bo'yicha bizdan ancha o'zib ketganini ham bilamiz. Lekin u erga borgan bilan futbolchining saviyasi o'sib qolmayotgani ham bor haqiqat. Demak, bu nihoyatda jiddiy mavzu bo'lib, O'FA ham beetibor bo'lmasligi kerak. 

Kimdir "karera" qilgisi keladi, kimdir kuch borida ishlab qolgisi. Eldor pulning ortidan quvmadi, sabr qildi va o'z mehnati bilan shu darajaga etdi. Yaxshi o'ynashda davom etsa, pul endi uning ortidan quvadi. Lekin hamma ham Eldor bo'la olmaydi. Kimgadir kuchsiz chempionatdan mo'may pul evaziga taklif ham imkon borida qandingni ur tarzida ishlab qolishi mumkin. Lekin bu ikkinchi tomondan terma jamoamizning xalqaro maydondagi natijalariga salbiy tasir qilishini unutmaylik.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика