So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

SHomurodov "Yuventus"ga qarshi, "Lacio" - "Inter" va boshqa o'yinlar haqida Yangiliklar

SHomurodov "Yuventus"ga qarshi, "Lacio" - "Inter" va boshqa o'yinlar haqida

Etiboringizga A Seriya 8-tur prevyusini taqdim etamiz.

"Lacio" - "Inter"

SHubhasiz, Sarri uchun jarohatlangan bir nechta futbolchining qaytishi yaxshi yangilik bo'ldi. Birinchi navbatda bu CHiro Immobile bilan bog'liq. SHuningdek, Cakanya ham safda, ammo u o'yinni asosiy tarkibda boshlamasa kerak. Afsuski, diskvalifikaciya sabab Acherbi jamoasiga yordam berolmaydi. Simone Indzagining bosh og'irig'i esa asosan faqat terma jamoadan qaytganlar bilan bog'liq. Lautaro, Vidal va Vesino juda kech qaytishlari sabab, bo'lajak bahsga qanchalik tayyor bo'lishlari nomalum. Agar vaziyat taqozo etsa hujumning oldingi chizig'ida Jeko va Korrea juftligini ko'rishimiz mumkin. Jarohatidan forig' bo'lgan Sensi zaxirada qoldiriladi.

Oxirgi o'zaro o'yinda "Inter" uyda "Lacio"ni 3-1 hisobida mag'lub etgan, Rimda esa "qora-ko'klar" 2018 yildan buyon zafar quchishmagan. Umuman olganda, hozir aynan "neradzurri" favorit hisoblanadi, ammo bu bahs hech kimga oson bo'lmasligi turgan gap.


"Milan" - "Verona"

Piolining muammolari juda jiddiy. Birinchi navbatda bu asosiy posbon Manyanning jarohati, posbon 2 oyga maydondan chetda qolmoqda. SHunday ekan, darvoza tajribali Tatarushanuga ishonib topshiriladi. Biroq bu hali hammasi emas. Teo Ernandes kovidga chalingan, Bakayoko va Florenci, Masyas esa jarohatlangan. Agar bu tur o'yinida Krunich va Kalabriya qayta olsa, jamoa muxlislari xursand bo'lsa arziydi. Hujumda esa umid Jiru hamda orqaroqdan uni qo'llaydigan Rebich va Diasdan bo'ladi. "Verona"da bu kabi muammolar yo'q, Velozu va Faraoni katta ehtimol bilan bahsga tayyor, shunday ekan "mastiflar" tarkibi optimal bo'lishi kutilmoqda. 

So'nggi bor ushbu raqiblar to'qnash kelganida "Milan" safarda 2-0 hisobidagi ishonchli g'alabani rasmiylashtirgan. Muammolariga qaramay, "rossoneri" bu safar ham yaqqol favorit hisoblanadi. Nazarimizda, "Verona" qanchalik harakat qilmasin, bugungi kunda raqib hujumiga dosh bera olmaydi.


"Yuventus" - "Roma"

Allegrining muammolari kun sayin ortib borayotgandek. O'yinchilar termadan qanday holatda qaytishi degan savoldan tashqari, jarohatlar ham turinliklarni tinch qo'ymayapti. Tanganing ikkinchi tomoni bo'lganidek, Artur, Remsi, Morata va Dibala shu kunlarda safga qaytishi kutilmoqda, lekin nima bo'lganda ham ushbu futbolchilar o'yinni ko'pi bilan zaxirada boshlaydi. Asosiy tarkibda esa Moyze Kinni ko'rsak ajab emas. Joze Mourinyu esa bu borada nisbatan xotirjam bo'lishi mumkin. Lekin Abraxamning holati so'roq ostida qolmoqda. U Angliya termasi o'yinida kichik jarohat olgan va asosiy tarkibda Eldor SHomurodovni ko'rishimiz ehtimoli yuqori. Unga odatdagidek Zanolo va Mxitaryan yordam beradi.



So'nggi to'qnashuvda, u ham Turinda o'tgan, "Yuventus" 2-0 hisobida zafar quchgan. Bukmekerlar "keksa sinora"ni bu safar ham favorit sifatida ko'rmoqda, biroq oradagi farq u qadar katta emasligini aytib o'tish zarur. "Roma" bu mavsum kamida qiziqroq o'yin ko'rsatayotganini inobatga olsak, bizni shiddatli bahs kutib turibdi.


"Napoli" - "Torino"

Manolos jarohat sabab bu o'yinda neapolliklarga yordam bera olmasligi mumkin. SHuningdek, Una va Petanya ham maydonga tusha olmaydi. Ammo Lobotka safga qaytdi va ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishi mumkin. Hujumda esa yana Insine - Osimxen juftligini ko'rsak ajab emas, ularga Politano ham yordamlashadi. Mehmonlar uchun xushxabar — Belotti sog'aydi. Teoretik jihatdan sardor o'yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin, biroq zaxirada qolib, keyin o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirilishi haqiqatga yaqinroq. Verdi, Prat va Zadza hamon lazaretda, shu sabab hujum chizig'ida variantlar u qadar ko'p emas. Murabbiy baxtiga Linetti va Rodriges xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Oxirgi uchrashuvda "Napoli" Turinda ortiqcha muammolarga duch kelmagan (2-0). Endigi bahs favoriti ham aynan chempionat etakchisi hisoblanadi va ular buni amalda isbotlashi zarur. Jamoaning bugungi sport formasini inobatga olsak, Spaletti shogirdlari buni uddalay oladilar.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика