SHomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig'iniga yo'l oldi
01 avg 2021 22:08
Yangiliklar
SHomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig'iniga yo'l oldi
Megainsayder Janluka Di Marcio axborotiga ko'ra, Eldor SHomurodov "Roma"ning Faro shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketdi.
Eldor SHomurodov va Brayan Kristante allaqachon "Villa Styuart" shifoxonasida Rim klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan.
Joze Mourinyu ikki nafar yangi futbolchisini "Roma"ning mavsumoldi yig'inida qarshi olishga tayyor.
Bugun hujumchi SHomurodov va yarim himoyachi Kristante Fyumichino aeroporti orqali Portugaliyaga uchib ketdi.
Fikrlar