SHomurodov "Roma"ga qaytdi
01 iyu 2023 12:42
Yangiliklar
SHomurodov "Roma"ga qaytdi
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Speciya"da o'tkazgan "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov Rim klubiga qaytdi.
"Speciya" o'zbekistonlik hujumchini shu yilning 30 yanvarida mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgan edi. Forvardning bitimi kecha, aniqrog'i 30 iyunda o'z yakuniga etdi.
Klub mavsum so'nggiga ko'ra B Seriyaga tushib ketdi.
SHomurodov Speciya klubi safida barcha musobaqalarda jami 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Klub hujumchini 2021 yilda "Jenoa"dan 18 mln evro evaziga xarid qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar