So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

"SHomurodov "Roma"da futbolchi sifatida o'sadi". Jahon chempioni Kristian Zakkardo - Toshkent, o'zbek futboli va yulduzlar o'yini haqida Yangiliklar

"SHomurodov "Roma"da futbolchi sifatida o'sadi". Jahon chempioni Kristian Zakkardo - Toshkent, o'zbek futboli va yulduzlar o'yini haqida

Ertaga, 18 may kuni o'zbek futboli afsonalari A Seriya yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.

O'yin arafasida Nikolay Egorichev, Championat.asia sayti uchun maxsus Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan Kristian Zakkardo bilan suhbatlashdi. U "Parma", "Palermo", "Milan" va "Volfsburg"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

- Kristian, avvalo Toshkentga xush kelibsiz. Parvoz qanday o'tdi?

- Rahmat! Hammasi juda yaxshi o'tdi. Men, o'z navbatida, BMB Trade Group rahbariyati va O'zbekiston futbol Assosiaciyasiga shunday tadbirni tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.




- SHaharni ko'rishga ulgurdingizmi?

- Toshkentga bugun uchib keldim, bu mening ilk tashrifim, umuman olganda, faqat mehmonxonadan turib shaharni ko'rdim xolos. Keyinroq tashkilotchilar bilan birgalikda o'yin bo'lib o'tadigan stadionga tashrif buyurdik va bir qancha futbol akademiyalariga bordik. Umid qilamanki, Toshkentni ko'rishga hali vaqtim bo'ladi – bu jadal suratlarda rivojlanayotgan shahar ekanligi aniq.

- Bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- Faqat ijobiy hissiyotlar. Eng avvalo, stadion to'lib-toshishiga umid qilaman - bu, birinchi navbatda, mahalliy futbol muxlislari uchun katta voqea. Umid qilamanki, har ikki jamoa ham yuqori saviyada o'yin ko'rsatadi.

- Xabaringiz bo'lsa kerak, o'zbekistonlik hujumchi Eldor SHomurodov hozir Italiyada to'p tepmoqda. U haqida qanday fikrdasiz va uning o'yiniga qanday baho bera olasiz?

- Ha, albatta, men uni bilaman. O'tgan yili u "Jenoa"da juda yaxshi o'ynadi va kuchliroq klubda o'zini sinab ko'rish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ammo hozir "Roma"da raqobat kuchli va shu bois SHomurodovga biroz qiyin bo'lmoqda. SHu bilan birga u o'z ishini juda yaxshi bajarmoqda, doim jamoasiga yordam berishga harakat qiladi - masalan, yaqinda muhim gol urdi (“Veneciya” darvozasiga). Menimcha, u Italiyaga yaxshi moslashdi va A Seriya klublari ko'rsatayotgan futbolga mos keladi. Albatta, “Jenoa”da unga biroz osonroq edi, lekin “Roma”da u futbolchi sifatida o'sadi.



Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика