So’nggi yangiliklar

23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  15 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

SHomurodov: "Rasmiy uchrashuvlarda nimaga qodir ekanligimizni bilib olamiz" Yangiliklar

SHomurodov: "Rasmiy uchrashuvlarda nimaga qodir ekanligimizni bilib olamiz"

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga tayyorgarlikni boshladi.

Bugundan Toshkentda yig'inga kirishgan terma jamoamiz ixtiyoriga legionerlarimiz ham kelib qo'shilmoqda. Italiyaning "Kalyari" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov bo'lajak o'yinlar oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.


- Terma jamoa yig'ini boshlandi. Muhim uchrashuvlar oldidan tayyorgarlik qanday ketmoqda?


- Kayfiyat yaxshi. Rasmiy o'yinlar boshlanmoqda. Rasmiy uchrashuvlarda nimaga qodir ekanligimizni bilib olamiz. Barcha tayyor.


- Raqiblarimiz Turkmaniston va Eron haqida gapirib o'tsangiz. O'zingiz ham ushbu terma jamoalarga qarshi ko'p marotaba o'ynagansiz. Turkmaniston terma jamoasi darvozasiga gol ham urgansiz.


- Ikkala raqibga qarshi ham bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Turkmanistonga qarshi suniy maydonda o'ynaymiz. Terma jamoa yig'inidagi "Paxtakor" futbolchilari bilan suniy maydon haqida gaplashdik. Maydon bo'yicha savollar bor. Birinchi uchrashuvda g'alaba qozonish juda ham muhim.


- Klubdagi faoliyatingiz haqida gapirib o'tsangiz.


- Jamoamda hammasida joyida. Sekin astalik bilan optimal formaga qaytmoqdaman.


- Meksikaga qarshi kechgan uchrashuvda terma jamoa shifokorlari sizga suniy maydonda o'ynamaslikni maslahat bergan edi. Turkmanistonga qarshi kechadigan uchrashuv jahon chempionatiga saralash bahsi bo'lgani uchun maydonga tushasizmi?


- Albatta. Turkmanistonga qarshi rasmiy o'yin kutib turibdi. Meksikaga qarshi esa o'rtoqlik uchrashuvi edi va shu sabab tavakkal qilmadik. Turkmanistonga qarshi maydonga tushaman.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика