So’nggi yangiliklar

22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  18 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  3 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  5 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  9 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  9 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  26 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8

⚡️ SHomurodov Evropa Ligasi final raundida gol urgan nechanchi o'zbekistonlik? Yangiliklar

⚡️ SHomurodov Evropa Ligasi final raundida gol urgan nechanchi o'zbekistonlik?

Biroz oldin, Evropa Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichidan o'rin olgan dastlabki tur uchrashuvi “Ludogorec” hamda “Roma” o'rtasida bo'lib o'tdi.

Evropa Ligasi. "Roma" "Ludogorec"ga mag'lub bo'ldi. SHomurodov esa 67-daqiqada maydonga tushib mavsumdagi ilk golini urdi!

O'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Rimliklar safida Eldor SHomurodov 2-taym o'rtalariga yaqin Andrea Belottining o'rniga maydonga chiqdi va jamoa sardori Lorenco Pellegrinining uzatmasidan keyin raqib darvozasini boshi bilan chiroyli tarzda ishg'ol etdi.

SHu vaqtgacha o'zbekistonlik futbolchilar (mahalliylashtirilganlari bilan birga) orasida Mirjalol Qosimov (1 ta), Vladimir SHishelov (1 ta), Odil Ahmedov (2 ta) va Vladimir Maminov (1 ta) Evropa Ligasi (eski nomi UEFA Kubogi) final raundida to'p kiritishga erishgandi.

Qayd etish joizki, SHomurodov musobaqaning saralash bosqichida ham gol urgan. Bu 2020 yil “Rostov” safida “Makkabi Xayfa”ga (1:2) qarshi bahsda yuz bergandi. SHuningdek, kvalifikaciya raundida o'zbekistonliklardan Jafar Irismetov (1 ta), Ulug'bek Baqoev (1 ta), Aleksandr Geynrix (3 ta), Marat Bikmaev (3 ta), Odil Ahmedov (1 ta), Sanjar Tursunov (1 ta), Timur Kapadze (3 ta), Kamoliddin Murzoev (1 ta) ham o'z nomini yozdirib qo'yishgan.

Rimliklar guruh bosqichidan o'rin olgan 2-tur uchrashuvini 16 sentyabr (23:59)da o'z maydonida XIKga qarshi o'tkazadi.

Ahmedov, SHackix, Qosimov... Evropa Ligasida o'ynagan o'zbek futbolchilari

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика